Tubootit kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Qulog‘i bitib, shang‘illay boshlagan o‘g‘limga shifokor tubootit tashxisini qo‘yib, davolash kursini belgiladi. Bu kasallikni uyda davolash ham mumkinmi? Bu xastalik keyinchalik asoratlar qoldirmaydimi?

 

Tubootit eshituv (yevstaxiyev) nayi va nog‘ora parda bo‘shlig‘ining yallig‘lanishidir. Bu xastalik yevstaxiit deb ham nomlanadi.
Quloq 3 bo‘limdan iborat: tashqi, o‘rta va ichki quloqlar. Tubootit o‘rta quloq a’zolarini, ya’ni nog‘ora parda, eshituv suyakchalari va nayini zararlaydi.
Kasallik tufayli eshituv nayi faoliyati buziladi va nog‘ora parda bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilib, yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Shu sababli eshitish qobiliyati pasayadi, quloq ichida turli shovqinlar paydo bo‘ladi.
Eshituv nayi o‘rta quloq bo‘shlig‘ini burun-halqum bilan bog‘laydi. Bu quloqning ichki bosimini meyorda ushlab turadi. Agar ichki bosimi o‘zgarsa, quloq bitib qolganini sezamiz. Bu esa beixtiyor esnoqni chaqiradi. Agar shu payt burunni yopib yutinsangiz, tiqin otilib chiqqandek,
qulog‘ingiz ochiladi.
NЕGA SHUNDAY BO‘LADI?
Turbootit yuqori nafas yo‘llaridagi infeksiya tufayli kelib chiqadi. Gap shundaki, eshituv nayi burun-halqum bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun undagi infeksiyalar osongina nog‘ora parda bo‘shlig‘igacha boradi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ba’zan tomoq og‘rig‘i quloqqa ham tarqaydi. Bunga mana shu bog‘liqlik sababdir.
Turbootitni odatda o‘tkir virusli respirator kasalliklar, gripp, shuningdek, qizilcha, qizamiq, ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma (difteriya) va yuqori nafas yo‘llarini zararlovchi boshqa infeksiyalar keltirib chiqaradi.
BOLA NIMANI SЕZADI?
Ko‘p hollarda xastalikning boshlanishi ota-onalarning e’tiboridan chetda qoladi. Chunki eshituv nayi faoliyatidagi o‘zgarishlar ko‘pincha alomatlarsiz kechadi. Quloq og‘rimaydi, faqat bitib qolganga o‘xshaydi. Buni kichkina bola aniq tushuntirib bera olmagani uchun ham kasallik o‘z vaqtida aniqlanmaydi.
OLDINI OLISH UCHUN
Tubootitning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bolada adenoidlar, surunkali sinusit yoki burun devorlarining qiyshayishi aniqlangan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan LOR shifokor ko‘rigidan o‘tib turish lozim.
DAVOSI QANDAY?
Davolash kursini faqatgina shifokor o‘tkazadi. Chunki uy sharoitida bajarib bo‘lmaydigan muolajalar zarur bo‘ladi. Sizning vazifangiz esa shifokor tayinlagan burunga tomiziladigan va antigistamin dorilarni bolaga o‘z vaqtida berishdan iborat. Shu-ningdek, bolaga tayinlangan fizioterapiya, masalan, UYUCh (ultra yuqori chastotali muolaja) hamda mikroto‘lqinli muolajalarni qoldirmay qabul qildirishingiz lozim. Qolaversa, tanglay mushaklarini ishga tushirish mashqlarini bajartirishingiz kerak.
Bolangizga saqich olib bering. U ko‘proq yutinishi, saqich chaynab, pufakchalar chiqarishi mumkin. Bu ham quloqdagi bosimni meyorga keltirishga yordam beradi.
O‘z vaqtida shifokorga murojaat etish kasallikning surunkali turga o‘tishining oldini oladi. Surunkali turbootitni davolash mushkulroq. Shuning uchun bolangizning eshitish qobiliyatidagi har bir o‘zgarishga e’tiborli bo‘ling.

11 комментариев к “Tubootit kasalligi”

  1. Уведомление: no experience

  2. Уведомление: anti screenshot

  3. Уведомление: passive income

  4. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินเปล่า

  5. Уведомление: Ventilatoare axiale

  6. Уведомление: dubbele gordijnen woonkamer

  7. Уведомление: buy peyote essential oil

  8. Уведомление: my company

  9. Уведомление: situs togel gacor

  10. Уведомление: find

  11. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.