Turfa xil ajabtovur maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

  • Eng yuqumli kasallik “vabo” nomini olgan yengil oʻlatdir. U sabab butun jahonda 75 millionga yaqin inson dunyodan koʻz yumgan. XIV asr oʻrtalarida bu kasallik tufayli Yevropaning chorak qismi tutday toʻkilgan.
  • Eng baland tana harorati 1980 yil 10 iyulda AQSHning Atlanta shahrida 52 yoshli Uilli Jonsda kuzatilgan. Uning temperaturasi toʻppa-toʻgʻri 46,5° S edi. Bemorga 24 kundan keyin javob berilgan.
  • Eng past tana harorati 1994 yil 23 fevralda Kanadada Karl va Kozolofski oilasida kuzatilgan. Ularning ikki yashar qizaloqlari muzlatgichda tasodifan 6 soat (!) qolib ketadi. Bechoraning temperaturasi bor-yoʻgʻi 14,2° S edi.
  • Amerikalik Charlz Yensen 1954 – 1994 yillar oraligʻida 970 marta operatsiya stoliga yotqizilgan.
  • Eng uzoq davom etgan operatsiya 1951 yilda oʻtkazilgan, u 96 soatga choʻzilgan.
  • Aniqlanishicha, Yerning ogʻirligi har yili uning sirtiga tushuvchi meteorit hisobiga 30000 tonnaga ortib boradi.
  • Sayyoramizdagi eng baland choʻqqi Himolay togʻlaridagi Jamolungma (Everest) ekanini koʻpchilik yaxshi biladi. Lekin sunʼiy yoʻldosh orqali oʻtkazilgan oxirgi oʻlchovlar Pokistonning Chagorn togʻidagi choʻqqilar 8858 – 8908 metr balandlikda joylashganini koʻrsatdi. Yana bir munozarali masala bor. Yer markazidan eng olisda joylashgan choʻqqi And togʻlaridagi Chimborazo (Peru) dir. Uning balandligi 6267 metrni tashkil etadi. U Yer markazidan Jamolungma (Everest)ga qaraganda 250 metr uzoqroqda joylashgan.

 

Rus tilidan Orifjon Madvaliyev tarjimasi

oriftolib.uz

2007

Оставьте комментарий