Turkiya Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Rasmiy nomi — Turkiya Respublikasi. Poytaxti — Anqara. Hududi — 779452 km.kv. Aholisi – 84 mln kishidan ortiq (2017yil). Davlat tili — turk. Dini — islom. Pul birligi — turk lirasi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi g‘arbiy Osiyo (hududining katta qismi) va Janubi shar­qiy Yevropada joylashgan davlat. Mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlarini bir-biridan Bosfor, Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Marmar dengizi ajratib turadi. Janubda Suriya (chegaraning uzunligi — 822 km) va Iroq (331 km), sharqda Eron (499 km), shimoli-sharqda Armaniston (268 km), Gruziya (252 km), Ozarbayjon (Naxichevan viloyati — 9 km), shimoli g’arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz, g’arbda va janubi g‘arbda O’rtayer dengizi joylashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 2627 km. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 7200 km. Hududining katta qismini Kichik Osiyo va Armon tog‘liklari egallagan.

Оставьте комментарий