UY-JOYGA SUBSIDIYA BЕRILISHI QANDAY HOLLARDA RAD QILINADI

DO`STLARGA ULASHING:

❗️UY-JOYGA SUBSIDIYA BЕRILISHI QANDAY HOLLARDA RAD QILINADI
⚡️SAVOL;
Turar joy olish uchun ajratiladigan subsidiya berilishi qanday hollarda rad qilinishi mumkin ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
❌ taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
❌ taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
❌ ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan oila a’zolari takroriy murojaat etganda;
❌ joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
❌ ariza beruvchi va oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan normadan kam yoki ko‘p bo‘lganida (Yodingizda bo‘lsa bu norma qancha ekanligini oldinroq gaplashgan edik)
❗️Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Оставьте комментарий