Telegramda ham endi reklama qo’yish xizmati paydo bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Telegramda ham endi reklama qo’yish xizmati paydo bo’ladimi?

2017 — yil noyabr oyida Telegram tarmog’i asoschilar «messenjer hech qachon rekalama sotmaydi» asnosida rasmiy xabarni berishgan edi. Pavel Durovning ta’kidlashicha, bugungi kunda kompaniya o’zining reklama platformasi ustida ish olib borayotganligini haqida xabar beradi.

Bu degani, odatda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda biz duch keladigan reklamalarni, yaqin vaqtlarda Telegram messenjerida ham ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2020 — yil 24 — aprelda Telegram messenjeri o’zining 400 million oylik faol foydalanuvchilariga yetganini e’lon qilgan edi. 2021 — yil 8-yanvarda esa Pavel Durov o’zining blogdagi postida Telegram har oyda «500 millionga yaqin» faol foydalanuvchilar qatorida ekanligini e’lon qildi.

Bu degani, Telegram 2021 — yilning yanvar oyida, eng ko’p yuklab olingan dasturdir.

👉 @ITStarsUz

Оставьте комментарий