WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Salom, mening wifi imni puli oxirgi paytlar tez tugab qoladigan bo’lib qoldi. Shunga hozirda wifiga necha kishi ulanganini bilishim uchun nima qilish kerak. Ular qanaqa telefondan, qayerdan kirayotganini bilish ham mumkinmi? Maxsus dasturlar bormi yoki buni bilish uchun provayder ofisiga borish kerakmi. Xakerlaram jonga tegdi lekin…

WiFi ga nechi kishi ulanganini ikkita usuli bor (men bilganlarimdan albatta):

  1. Routerning o’zida mavjud bo’lgan usullar orqali.
  2. Maxsus dasturlar yordamida.

Routerni o’zi orqali bilish

Routerni o’zi orqali bilish uchun boshqaruv paneliga kirish kerak, buning uchun wifi ga ulangan telefon yoki kompyuterda istalgan brauzerni ochib, adresnaya strokaga (saytlarni manzili kiritiladigan joyga) boshqaruv panelining IP manzilini kiritish kerak, ko’pchilik routerlar uchun bu 192.168.1.1 (aynan shu ketma-ketlikda, nuqtalar bilan birga) hisoblanadi.

So’ng sizga boshqaruv panelining login va parolini kiritish sahifasi ko’rsatiladi. Uning paroli o’zgartirilmagan bo’lsa yoki siz uni bilmaydigan bo’lsangiz, ikkalasiga ham admin deb yozib ko’ring. Ba’zan login: admin | parol: 12345 bo’lishi ham mumkin. Shuningdek routerni ostida ham bular yozilgan bo’ladi. Agar umuman topa olmasangiz va yuqoridagilar yordam bermasa, sizga wifini ulab began odam bilan bog’laning, u xavfsizlik maqsadida uni o’zgartirib qo’ygan bo’lishi mumkin.

Shundan so’ng boshqaruv panelida hozirda tarmoqqa necha kishi ulanganini ko’rish mumkin bo’ladi. Buning uchun «Беспроводной режим» (Wireless) => «Статистика беспроводного режима» (Wireless Statistics) vkladkasiga o’tish kerak (bu TP-Link routerida, boshqalarida farq qilishi mumkin). Ushbu sahifada hozirda necha kishi, qaysi MAC manzildan o’tirgani ko’rsatiladi.

Agar begonalar ulanganligiga shubha qilsangiz (buni MAC manzillar yordamida aniqlash mumkin), MAC filtr qo’yish yoki wifi ismini ko’rinmas qilib, parolini o’zgartirish mumkin. Iloji bo’lsa WPS protokolini o’chirib qo’ying (hozi hamma shu orqali buzadi).

Maxsus dasturlar yordamida wifi ga necha kishi ulanganini bilish

Bundan tashqari, wifi ga nechta qurilma ulanganini maxsus dasturlar orqali bilish ham mumkin. Kompyter (Windows OS) uchun bepul dastur — Wireless Network Watcher (yuklab olish uchun http://www.nirsoft.net/utils/wnetwatcher.zip) dasturidir. U ingliz tilida, leki tushunib olish qiyin emas.

Android uchun Wifi Analyzer- Home Wifi Alert. Boshqa turlari ko’p, android uchun wifi kill degan dastur ham necha kishi o’tirganini ko’rsatib beradi + ularni «kill ya’ni tarmoqdan foydalana olmaydigan qilib qo’yish mumkin. Internetda boshqa dasturlarni ham qidirib ko’ring.iOS uchun https://itunes.apple.com/ru/app/кто-использует-мою-wi-fi-wuwm-защитите-вашу-сеть-от/id869118704?mt=8

Bundan ham qiyinroq usullari mavjud, lekin ularni keltirmagan ma’qul, chunki mazkur masala uchun yuqoridagi yechim yetarlidir.

Xatoliklar bo’lsa uzr, qayta o’qib chiqmadim.

12 комментариев к “WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: 핫테티비

  4. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  5. Уведомление: 이천눈썹

  6. Уведомление: Investment opportunities

  7. Уведомление: where to buy shroom chocolates locations

  8. Уведомление: buy albino burma mushrooms

  9. Уведомление: goudaberry strain

  10. Уведомление: บับเบิ้ล กันกระแทก

  11. Уведомление: steenslagfolie

  12. Уведомление: Bilad Alrafidain

Комментарии закрыты.