Xotirani kuchaytirsa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Xotirani kuchaytirsa bo’ladimi?

— Ha albatta bo’ladi. Xotira – bu hayotimiz davomidagi hodisalarni eslab qolish, zarur bo’lganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Ammo xotiramiz barcha ma’lumotlarni ham eslab qola olmaydi.

🙁 Ba’zida biz o’zimizga zarur bo’lgan joy manzillarini, telefon raqamlarini, biror matndagi g’oyalarni eslay olmaymiz. Bunday noxush vaziyatlarda chora topish uchun quyidagi foydali maslahatlarni sizlarga ham ilindik.

— Eshitgan ma’lumotlarni takrorlang.

Yangi tanishgan insonlar ismi, yangi manzil, g’oya va rejalarni doimo takrorlang. Bu sizga kelajakda, muhim bo’lgan ma’lumotlarni osongina yodga olish imkonini beradi.

— Qo’llaringiz vazifasini almashtiring.

Agar siz o’ng qo’lda vazifalarni bajarsangiz buni chap qo’lda amalga oshiring. Masalan, tishlarni tozalash yoki yozish kabi mashg’ulotlarni chap qo’lda bajaring. Mazkur yo’l orqali siz miyangizni faollashtirasiz, bu esa miyaning xabarlarni yodda saqlab qolish funksiyasini yaxshilaydi.

— Ma’lumotni qismlarga bo’ling.

Agar sizga telefon raqami, matn paragrafi yoki uzun bo’lgan formulani yodlash kerak bo’lsa, eng qulay usullaridan biri bu — ma’lumotni qismlarga ajratgan holda yod olish. Bu usul muhim holatlarda sizga osongina ko’plab axborotlarni xotirada saqlab qo’yish uchun yordam beradi.

Оставьте комментарий