Xush kelding oltin Kuz

DO`STLARGA ULASHING:

Xush kelding oltin Kuz.

Xush kelding oltin Kuz,
Seni ko’rib quvnar ko’z,
Xirmonlarga boy fasl,
Jozibador eng asl.

Barglar shitir-shitir,
To’kilib gilam yozar,
Shamol esar g’ir-g’ir,
Chak-chak yog’ar yomg’ir.

Dalalarga sen bir boq,
Rang-barang hammayoq,
O’zin qilib ko’z-ko’z,
Kirib keldi oltin Kuz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий