«Yandeks» ilovasida aqlli kamera paydo bo‘ldi. U nima qila oladi?

DO`STLARGA ULASHING:

«Yandeks» ilovasida aqlli kamera paydo bo‘ldi. U nima qila oladi?

Yangilangan «Yandeks» ilovasi narsalarni real vaqtda taniydigan va qidiradigan, matnni tarjima qiladigan va hujjatlarni skanerlaydigan aqlli kameraga ega bo‘ldi. Unda texnik ko‘rish, mashinalashtirilgan tarjima va qidirish texnologiyalari birlashtirilgan.

Kamerani biron narsaga yo‘naltirishingiz bilan, u tanib olgan narsalarni belgilaydi. Ularning ko‘pchiligi haqida, nima ekanligi va qayerda sotilishi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Misol uchun, agar sizga biror narsa yoqqan bo‘lsa, xuddi shunday yoki o‘xshash narsalarni qayerdan sotib olishni ko‘rishingiz mumkin . Xuddi shu tarzda, o‘simlik yoki me’moriy yodgorlik nomini bilib olishingiz ham mumkin.

Shuningdek, aqlli kamera matnlarni tarjima qilishi (o‘zbek tili ham mavjud) va hujjatlarni skanerlashi mumkin, tarjima qilingan matn tasvir ustida paydo bo‘ladi. Ushbu ilovada Yandeks kompaniyasining ko‘plab xizmatlari va Alisa ovozli yordamchisi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/734) birlashtirilgan.

Ilovani yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.yandex.searchplugin&hl=uz

Оставьте комментарий