Yangi yil bayramiga uyni bezatamiz: dizaynerlar maslahati

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun biz uyimizda Yangi yil bayramini chinakamiga his qilishga yordam beradigan o‘ziga xos sehrli muhit yaratuvchi g‘oyalar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Har burchakda bayram nafasi

Yevropa an’analariga ko‘ra uyni archa bilan bir qatorda ignabargli daraxt shoxlari bilan ham bezatiladi. Yaxshisi, sun’iy shoxlarni tanlab, kirish eshigiga ichkaridan o‘rnatgan ma’qul. Karnizlar va xona eshiklarini har xil marjon shaklidagi o‘yinchoqlar bilan bezash mumkin. Javon tokchalariga esa yangi yilga oid har xil shakldagi figurachalar qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi.

Hand-made

Bu mavsumda uyni qo‘lda yasalgan har xil narsalar bilan yasatish urf bo‘lgan. O‘zimiz qarag‘ay shoxlarini taxlab chiroyli qilib bog‘laymiz va ustiga sun’iy qor sepib, o‘tinlar bog‘lamiga o‘xshatib archa tagiga qo‘yamiz.

O‘xshash ranglarda bezash

Ko‘pincha, uy archaga monand ravishda bezatiladi yoki aksincha archa uy bezaklari rangiga qarab yasatiladi.

Dasturxon va shamlar

Yangi yil dasturxoni uyning bezaklariga mos tushuvchi rangda tanlanadi. Agar uy bezaklari qizil yoki tilla rangli tusda bo‘lsa qizil rangli dasturxon, agar ko‘k yoki kumush rangli bo‘lsa sovuq rang tusidagi dasturxonni tanlaganingiz ma’qul.

Оставьте комментарий