“Yarim oy” kulchasi

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 2 piyola un, 75 gr. muzlatilgan sariyog‘, yarim stakan smetana, 4 choy qoshiq limon sharbati, olma, 4 osh qoshiqdan un va shakar, yarim choy qoshiq vanilin, tuxum sarig‘i va tuz.
Tayyorlanishi: muzlatilgan sariyog‘ mayda to‘g‘ralib, ozgina un bilan aralashtiriladi va 1 soat muzlatkichga qo‘yiladi. So‘ngra qolgan unga tuz qo‘shib, ustiga sariyog‘li aralashma solinadi.
Smetanaga limon sharbati va suv solinib, xamir tayyorlanadi va sellofan paketga o‘ralib, 1 soatga muzlatgichga qo‘yiladi. So‘ngra xamirni 3 mm. qalinlikda yoyib, aylana shaklda kesib olinadi va sellofanga o‘rab, yana yarim soat muzlatkichga qo‘yiladi.
Olma mevasi maydalab to‘g‘raladi. Keyin ustiga un, shakar, tuz, vanilin solib, yaxshilab aralashtiriladi. Xamirlarni muzlatkichdan olgach, har birining ichiga 2-3 choy qoshiqdan mevali aralashma solinib, yarim oy shaklida tugiladi. Sanchqi bilan chetiga naqsh berilib, pergament qog‘oz ustiga terib chiqiladi. So‘ng ustini sellofan bilan yopib, yana yarim soat muzlatkichga qo‘yiladi. Shundan keyin kulchalarning yuziga tuxum sarig‘i surtiladi va 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqa qo‘yiladi. Xamir yuziga qand upasi sepilgach, yana 15 daqiqa gaz pechida pishiriladi.
BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/yarim-oy-kulchasi/

Оставьте комментарий