Yetakchilikka erishishning 5 usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Olimlarning aniqlashlaricha yetakchilikka erishgan ayollar bu mavqega erishish uchun shaxsiy hayotiy rejalardan foydalanishar ekan. Yaqinda AQShdagi Center for Creative Leadership (CCL) tashkiloti 60 nafar yetakchi ayollar o’rtasida “yetakchilikka erishish sirlari” mavzusidagi so’rovnomani o’tkazdi. So’rovnomada 26 yoshdan 58 yoshgacha bo’lgan ayollar qatnashishdi. E’tiboringizga yetakchi ayollar tomonidan tavsiya qilingan yetakchi bo’lishning 5 usuli haqida ma’lumot beramiz.





Yetakchi bo’lish aslida nima? Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan har qanday ayol uchun omad va yetakchilik ko’plab to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi yo’ldir. Albatta, yetakchi bo’lish qiyin. Buning uchun insonda iste’dod va imkoniyatdan tashqari kuchli istak ham bo’lishi kerak. “Yetakchilik” so’zining negizida katta va murakkab, jismoniy va aqliy mehnat yotadi. Tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, yetakchilikka erishgan ayollar asosan 5 ta narsaga katta ahamiyat qaratishar ekan

Bular: Faol harakat;

Qanday bo’lsang shundayligingcha qol;

Atrofingdagilar bilan aloqa o’rnata olish mahorati;

 Kishining o’zi haqidagi fikri;

 Maqsadga intilish;

Ikki yil mobaynida o’tkazilgan ushbu tadqiqot mobaynida ayollarning qarashlari, fikrlari o’rganilib, endigina yetakchilikka erishayotgan ayollarga foyda keltirishi va ularning mehnatini yuzaga chiqarish uchun as qotishi maqsadida omma e’tiboriga ana shu 5 usul havola qilindi. Keling endilikda sanab o’tilgan ana 5 usul haqida alohida to’htalib o’tamiz.

 Faol harakat

Karyeraga erishish yo’lidagi barcha qiyinchiliklarni o’z bo’yningizga olgan holda, o’zingizga ishdagi barcha vazifalarni bajarish, ham ishdagi rahbarlikni ham oilani ham hayotni bir maromda olib borishga harakat qilasiz. O’z taqdiringizga boshqalar emas, o’zingiz “xo’jayin” ekaningizni unutmasligingiz lozim. Faol harakat deganda o’z oldingizga qo’ygan maqsadloaringizning ham yo’nalishi, vaqti va kerakli nuqtasi bo’ilish lozimligini tan olishni tushunish mumkin. Ishdan tashqari holatlarda ham ishingizga bevosita aloqasi bo’lgan shartnomalar, takliflar va g’oyalarni ko’rib chiqishingizga, ular bilan qiziqishingizga to’g’ri keladi. To’laqonli ravishda o’zingizga tegishli bo’lgan barcha imkoniyatlardan to’g’ri va vaqtida foydalana bilish faol harakatning asosini tashkil etadi.

Qanday bo’lsang shundayligingcha qol

Har qanday inson garchi kuchli prinsiplarga amal qilsada o’zligini saqlay bilishi, qanday bo’lsa shundayligicha qola bilishi shart. Odatda ko’pchilik ayollar o’zlariga keragidan ortiq baho berib yuborishadi. Shu sabab kishining o’zligini asray bilishi ham qiyin ham muhim.

 Atrofingdagilar bilan aloqa o’rnata olish mahorati

O’zaro aloqalar ayol uchun muhim. Oiladagi munosabatlar, do’stlar bilan munosabatlarni o’rnatish, yaxshilash va munosabatlar borasida biror qabul qilish ish faoliyatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi albatta. Shu sababdan aloqalarni mustahkamlash ham mahorat talab etadi. Top-menejerdek band lavozimida ishlaydigan ayollar ham ishdagi ham oiladagi munosabatlarning yaxshilanishi va mustahkamligiga e’tibor berishi kerak. Ish yuzasidan kishiga kerak bo’ladigan aloqalarni mustahkamlash uchun mahsus re’jalar asosida ular bilan uchrashish, bir oz bo’lsada ular bilan suhbatlashish, hayotingdagi yangiliklardan ularni ham xabardor qilib turish lozim.Shundagina kishida “aloqadagilar ro’yxati” paydo bo’ladi.

 Kishining o’zi haqidagi fikri Inson o’zini o’zi tushuna bilishi, baholay bilishi lozim.

O’zini o’zi tushunish har kungi odat, suhbatlar va faoliyatdan so’ng shakllanadi. Kishi o’zini tushunishi uchun boshqalarni o’z o’rniga qo’yib ko’rishi lozim. Tashqaridan o’z ishingizga, atrofdagilar bilan munosabatlaringiz, odamlarga, ishchilarga qo’yayotgan talablaringizning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligiga baho bering.

 Maqsad sari intilish

Ishingizdagi maqsadlar va shaxsiy orzularingizni birlashtirsangiz, aslida yagona maqsad manzili ko’rinadi. Tadqiqotda ishtirok etgan ayollar ichida “Maqsadga intilish” tushunchasi haqida izoh berishga cho’chigan ayollar ham bo’ldi. Chunki ular hayotiy maqsadlar va ishdagi maqsadlarni ikki guruhga bo’lib amalga oshiradigan insonlar sirasiga kirishadi. Maqsad sari intilish bu imkoniyatlar va maqsadlarni bir yo’nalishga yo’naltira bilish mahorati demakdir.

Оставьте комментарий