Yuzingiz parvarishiga jadval tayyorladik

DO`STLARGA ULASHING:

Bilasizmi, inson organizmi biz hohlagan vaqtda bizning parvarishimizni qabul qilaveradi, deyishimiz noto‘gri fikrdir. Terining ham o‘ziga yarasha uyg‘onish va uxlash vaqti bo‘ladi, huddi siz uxlayotgan vaqtingiz ovqat yemaganingizdek, teringiz ham dam olayotgan vaqti sizning muolajalaringizni qabul qilmaydi. Shu sababdan, bugun sizlarga ko‘maklashish maqsadida, teriga qachon qanday parvarish yoqishi haqida kerakli maslahatlarni berib o‘tmoqchimiz. Quyidagi jadval orqali siz teringizni to‘gri parvarishlashingiz mumkin bo‘ladi.

Jadval:

6:00 7:00 – teri uchun to‘gri uyg‘onish vaqti. Bu vaqtda organizm faol tarzda gormonlar ishlab chiqarishni boshlaydi, yurak odatdagidan tezroq uradi. Bu vaqtda teri juda muloyim bo‘lib, unga qilgan har qanday muolajangiz samarali kechadi, ayniqsa dush qabul qilish ayni muddaodir.

8:00 – bu vaqt teri uchun eng mos vaqt bo‘lib, paytdan foydalanib, bu vaqtda teringizga damlamali muz bo‘laklachalarini surishingiz va kompress qilishingiz mumkin.

8:00 10:00 – kosmetik muolajani ayni vaqti; bu vaqtda qon almashinuvi faollashadi, bu hol kun yarmigacha davom etishi mumkin.

12:00 – shu vaqtdan boshlab terining hayotiy faolligi tushib, unda ajinlar ko‘rina boshlaydi. Bu vaqtda ovqatlanmaslikka harakat qilganingiz ma’qul, yegan taomingiz sizga og‘ir yuk bo‘ladi.

13:00 15:00 – bu vaqt oralig‘ida kosmetik muolaja qilmaganingiz ma’qul. Bu paytda teri xech narsa qabul qila olmaydi, siniqqan ko‘rinadi.

16:00 17:00 – Organizmning hayotiy faolligi oshadi. Bu vaqt sport bilan shug‘ullanishga, basseyn va saunaga borish uchun qulay vaqt. Agar bu vaqtda siz haliyam ishda o‘tirgan bo‘lsangiz, o‘zingizni o‘zingiz qo‘llaringiz , yuz va ko‘zlaringizni uqalang, biroz harakatga keling.

18:00 20:00 – yuz tozalash, niqob surish va pilling uchun ayni payti. Terining og‘riqqa sezuvchanligi ancha past darajada. Yuqori harorat yoki bug‘ terini bo‘shashtiradi va teridagi zaharli moddalarni haydaydi, uyquni yaxshilaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 22 — hafta

22:00 – agar siz shu vaqtga qadar yuzingizga krem surishga ulgurmagan bo‘lsangiz, unda endi dam olaverishingiz mumkin. Soat tungi 10dan keyin teri uyquga yotgan bo‘ladi, u sizning surgan kremlaringizni qabul qilishga qiynaladi, istalgan samaraga erishilmaydi. Yaxshisi, siz erta turib, ertalabdan yuzingizga krem surib uxlaganingiz ma’qul.

23:00 – bunday kech vaqtda yuzingizni tozalash bilan chegaralanganingiz ma’qul, kremni esa yuqorida aytganimizdek, ertalab sursangiz ham bo‘ladi.

Avitsenna.uz 

11 комментариев к “Yuzingiz parvarishiga jadval tayyorladik”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: tech times

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: click to read more

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: เงินด่วน

  7. Уведомление: va juste à

  8. Уведомление: reference

  9. Уведомление: briansclub

  10. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland

  11. Уведомление: sciences diyyala

Комментарии закрыты.