Перейти к содержимому
DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari
Reja:
-
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan.
-
Zoologiya – eng qadimiy fan
-
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti.
-
Hayvonlarning ahamiyati.
-
Hayvonlarni muhofaza qilish.
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon– hay von, logos– fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan.Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be rilgan. 16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan bog‘liq. Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham kata hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati lishi uchun asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhitihisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzi lishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoq lari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillardeyiladi. Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi (1-rasm). Ular qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor. Hayvonlarning ahamiyati.Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlardeyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich;odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazithisoblanadi.O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi; tuproq unum dorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikro-
organizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi.Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi. Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapalaklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyin chalik aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi, hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi), Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi. Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay, Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurtma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.
Nazorat savollari
-
Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?
-
Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?
-
Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?