Zulfiya. She’rlar & Xotiram siniqlari. Zulfiya hayoti va ijodi

DO`STLARGA ULASHING:

1 MART — ATOQLI SHOIRA ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN
   O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning qalamiga mansub “Xotiram siniqlari” dostoni asosida “Diydor” studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda shoir Hamid Olimjon va Zulfiya o‘rtasidagi mehr-muhabbat, o‘tgan asrning suronli 37-yillaridagi alg‘ov-dalg‘ov voqealar namoyish etilgan. Zulfiya rolida — Gulbahor yo‘ldosheva. Sahnalashtiruvchi rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev.
ZULFIYA
SHE’RLAR
07
Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997 yilning 1 avgustida vafot etgan.
Hassos shoir — Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo‘lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo‘li sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qoldi.
Shu yilning 31 oktyabrida “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi va unga yubileyni yuqori saviyada o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Ushbu rejaga shoiraning o‘zbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy to‘plamlarini hamda “Zulfiya zamondoshlari xotirasida” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida “Mustaqillik davri adabiyotida Zulfiya ijodining ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish; joylarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish; 2015 yil mart oyida Toshkentdagi “Turkiston” saroyida shoira xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazish kiritilgan.
099
* * *
Deydilarki, seni ko‘rganda
Ko‘zlarimda yonar jonli o‘t,
O‘sha o‘tning yolqinlarida
Sendan o‘zga bor narsa unut.
Mudom dilga sodiq ko‘zlarim
Haqiqatni ko‘mishi qiyin.
Ko‘zlarimda, qonimda kezgan
O‘sha sevinch, o‘sha olov sen.
Mayli, o‘zing mendan uzoqda,
Lekin dilning o‘ti bo‘lib qol.
Mening kuyim emas tuzokda,
She’r kerakmi, jon kerakmi, ol!
1944
YULDUZ
Uyda bo‘g‘ildimu chiqdim eshikka,
Yer ustiga cho‘kkan oqshomgi tuman,
Go‘yo ko‘zlarimga boqqanday tikka
Yashnardi bir yulduz xuddi sensimon.
Xuddi senday uzoq va senday yorqin,
Avji chaqnaganda so‘nadi u ham,
Bir yupanch: sevgimning osmonidan
O‘chmasdan yonasan, ey go‘zal hamdam!
1944
O‘RIK GULLAGANDA
«Terazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…»
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim,
Ming aytilgan darddan kuyladi.
Seni qo‘msab oqshom chog‘ida
Hijron qo‘shar ekan harorat.
O‘lgudayin mushtoq bo‘libman —
Visolingga, yo‘q chog‘i toqat.
Seni qo‘msab oqshom chog‘ida
Kirib keldim shu tanish uyga.
Biz bir choqlar yashagan uyda
Tunab qoldim xayol-la birga.
Buncha issiq, buncha ham shinam
Yoshlik kechgan torgina shu joy.
Bunda yashar ajib onlardan,
Ishq-la o‘tgan tunlardan chiroy.
Har burchagi elitar hushim,
Naqadarlik oshno, yaqin.
Xuddi tunda kamolga yetgan
Qo‘shig‘ingda chaqnagan chaqin.
Bunda hayot — ilhom onlari
Qalamingdan to‘kilgan gavhar.
Gul bo‘yini olganda shamol
Rashkka to‘lib to‘ngan u ko‘zlar.
Sen tugatgach chanqoqlik bilan
O‘qib maftun bo‘lganim hayot.
“Qalay degan” bo‘lib termulgan
Ko‘zlaringning otashi hayot.
Hali hayot, takror o‘qirkan
Zavqqa to‘lib yayragan ko‘ksim.
Yuzingdagi ulug‘vor, mayin,
Bir jahonga arzir tabassum.
Bari hayot, muhabbat kabi,
Hamma yerda ko‘rinar izing.
Parrandalar nag‘ma kuyida
Jaranglaydi tovushing, so‘zing.
Meni o‘rab oldi hayajon,
Yana ortdi sevgining kuchi.
Sharq qizarib, chiqmoqda quyosh,
Oltinlandi terakning uchi.
Sen kuylagan o‘rik shu kecha
Burkandi oq — oppoq chechakka.
Men qadrdon xotira bilan
Jo‘nab ketdim uyimga yakka.
1947
BAHOR KЕLDI SЕNI SO‘ROQLAB
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
“Baxtim bormi deya”, yakkash so‘roqlab
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x na’shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonxol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga.
U ham gaming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
SOG‘INIB
Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.
Shu kunlarda bahorga zorman,
O‘z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.
Shu kunlarda bahorga zorman…
1968
kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/xotiram-siniqlari-zulfiya.html

17 комментариев к “Zulfiya. She’rlar & Xotiram siniqlari. Zulfiya hayoti va ijodi”

  1. Уведомление: Apps Chat Sexo Sierra Norte De Madrid

  2. Уведомление: navigate to this web-site

  3. Уведомление: euhrpeansexy.com

  4. Уведомление: Institutional Repository

  5. Уведомление: Devops Advice

  6. Уведомление: สล็อตวอเลท

  7. Уведомление: สินเชื่อที่ดินแลกเงิน

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: pour plus d'informations

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: why not try these out

  12. Уведомление: ufatesla

  13. Уведомление: Changa DMT For Sale Melbourne

  14. Уведомление: 토렌트

  15. Уведомление: https://www.timesunion.com/marketplace/article/phenq-reviews-17525542.php

  16. Уведомление: https://www.heraldnet.com/reviews/phenq-reviews-is-it-legit-update/

  17. Уведомление: ufabtb

Оставьте комментарий