DO`STLARGA ULASHING:
❓Stomatit nima va uni qanday davolash mumkin?
?Stomatit — og‘izda paydo bo‘lgan yallig‘lanishning keng tarqalgan nomi. U til, yonoqlarning ichki qismi, tomoqda paydo bo‘ladi. Ovqatlanish, gapirish, hatto kuchli og‘riqda uxlashga xalaqit berishi mumkin.
?Stomatitga infeksiya, jarohatlar, milklar zararlanishi, ovqatga nisbatan allergiya va seuzvchanlik, dorilarning noxush ta’siri sabab bo‘lishi mumkin.
?Stomatitni davolashda asosiy vosita og‘riqni yo‘qotishdir. Buning uchun og‘riqni qoldiruvchi dorilar qabul qilish kerak.
?Stomatit 2 haftadan keyin ham yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.