1 avgustdan O‘zbekistonga xorijdan avtomashina olib kirish qanchaga arzonlashadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollar va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.
Foto: Dreamstime
“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.
Autostrada saytining yozishicha, chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari
O‘zbekiston jismoniy shaxs-rezidentlari tomonidan yengil avtomobillar importiga boj to‘lovlari stavkalari. Boj bojxona qiymatidan foizlarda yoki dvigatel hajmining har bir kub santimetri uchun AQSh dollarida hisoblanadi.
Agar avtomobil erkin savdo hududi to‘g‘risida shartnoma imzolangan mamlakatda (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va MDHdagi boshqa mamlakatlar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, avtomobilning ishlab chiqarilganligi ST-1 sertifikati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, boj to‘lovi olinmaydi.
O‘zbekistonga olib kiriladigan import avtomobillar uchun aksiz solig‘i
O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari.
Rossiya, Qozog‘iston yoki Ukrainada ishlab chiqarilgan va olib kirilgan avtomobillar uchun avtomobil qiymatining 2 foizi miqdorida imtiyozli aksiz solig‘i solinadi.
Benzin dvigatelli yangi avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari
Foydalanilgan import avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari
Prezident qarori bilan aksiz solig‘i bekor qilinmoqda. Boj to‘lovlari o‘zgarishsiz qoladi.
Ammo shuning o‘zi ham bojxona qiymatini kamida 2400 dollarga, balki undan ham ko‘proqqa arzonlashtiradi.
Ya’ni endilikda O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan yangi va foydalanilgan avtomobillarni olib kirish arzonroqqa tushadi.
E’tiborga olinadigan jihati shuki, 8703 TIF TN kodi bilan belgilangan transport vositalari toifasiga asosan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan yengil avtomobillar va boshqa motorli transport vositalari (8702 tovar pozitsiyasidagi motorli transport vositalaridan tashqari), jumladan, Prezidentning PQ-3818-son qaroriga ilovada ko‘rsatilgan ayrim transport vositalaridan tashqari, yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan furgon-avtomobillar hamda poyga avtomobillari kiradi.

20 комментариев к “1 avgustdan O‘zbekistonga xorijdan avtomashina olib kirish qanchaga arzonlashadi?”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale

  3. Уведомление: Henry Magnum Express 22WMR Lever-Action Rifle

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: voir ici

  6. Уведомление: for additional information

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: buy mushroom chocolate bar​

  9. Уведомление: where to buy shroom chocolates candy

  10. Уведомление: best passive income

  11. Уведомление: wapjig.com

  12. Уведомление: 코인선물

  13. Уведомление: Hot sex videos

  14. Уведомление: pgslot

  15. Уведомление: บอลยูโร 2024

  16. Уведомление: cele mai bune medicamente pentru articulatii

  17. Уведомление: ผลบอล

Оставьте комментарий