1-noyabr – Qashqadaryo viloyati tashkil etilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

1-noyabr – Qashqadaryo viloyati tashkil etilgan kun

Qashqadaryo viloyati O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. 1938-yil Buxoro viloyatiga qo’shib yuborildi. 1943-yil 20-yanvarda qayta tashkil etildi. 1960-yil 25-yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo’shildi. 1964-yil 7-fevraldan yangidan tashkil etildi. Shimoliy-g’arbdan Buxoro, janubiy-sharqdan Surxonaryo, janubi-g’arb va g’arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28.6 ming  km². Aholisi 3,5 mln kishi. Tarkibida 14 ta tuman, 12 shahar, 4 shaharcha, 147 qishloq fuqarolar yig’ini, 1064 qishloq bor (2020). Markazi-Qarshi shahri.
Qashqadaryoliklarga bayram muborak bo’lsin!!!

Оставьте комментарий