16-iyun Afrikada bolalarni himoya qilish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

16-iyun Afrikada bolalarni himoya qilish kuni
  Har yili 16-iyunda Afrika hamjihatlik tashkiloti (Organization ofAfrican Unity) tashabbusi bilan  dunyoda Xalqaro afrikalik bola kuni (International   Day of the African Child) nishonlanadi. Birinchi marta bayram 1991-yilda nishonlangan edi, o’shandan beri kunning asosiy mavzusi dunyo jamoatchiligi,  siyosatchilarning  va tibbiy tashkilotlarning diqqatini afrika bolalarining muammolariga  va ularning  kundalik hayoti sharoitlariga jalb qilish bo’ldi.  Xalqaro afrikalik bola kuni sanasining tayinlanishiga Janubiy Afrika Respublikasida  1976-yili  16-iyunda poytaxti Yoxannesburg  janubi-garbiy chekkasidagi Soueto (Soweto-South Western Townships) manzilgohida yuz bergan fojeali voqyealar sabab bo’lgan edi. Shu kuni minglab qora tanli o‘quvchilar ko‘chalarga chiqib maktab ta’limi sifatini ko’tarishni va o’z qadrdon tilida o‘qitishni talab qilishdi. Yuzlab yosh afrikaliklar hukumat  qo’riqlash kuchlari tomonidan o’tib tashlandi. Keyingi ikki hafta mobaynida  yuzdan ortiqroq kishi  o‘ldirildi va mingdan  ortig’i yaralandi. Rasmiy ma’lumotlarga xabar berishicha, 1976-yil 16-iyunidan 1977-yil 28-fevraligacha davom etgan qo’zg’alon natijasida politsiyachilar 575 kishini halok qilishdi va 6 ming kishini hibsga olishdi. 2011-yilda o’tgan tadbirlarda  qarovsiz qolgan bolalarning qashshoq holatiga diqqat-e’tibor qilishga  qaror qilindi, Afrikada ularning soni, ayrim baholarga ko’ra, 30 millionni tashkil etadi. «Qarovsiz bola» iborasi  tez-tez mamnuniyat bilan tanqidga olinadi, lekin YUNISEF (UNICEF — United Nations Children’s Fund)  bunday bolalarni shunday ta’riflaydi: «ular shahar (urbanisticheskoy srede) muhitida yashashyapti; ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari bor, lekin ular bilan aloqa kuchsiz yoki mavjud emas; bolalar yashash uchun har xil usullar o’ylab topishyapti, yashab qolishning yagona yo’li bu ko’cha deb tushunishadi». Ma’lumki, qarovsiz bolalar  dunyoda hammadan ko‘ra kam himoyalangan bolalar hisoblanadilar, ular bir necha bor zo‘ravonlikka yo’liqishadi, ishlatish, jismoniy va ma’naviy kamsitishlarga duch bo’lishadi. O’qish uchun haq-ko‘pchilik afrika bolalarning yana bitta katta muammosi. Ehson qiluvchi tashkilotlarning  zo’r  berishlari va yordamiga  qaramay, bugun qonun va amaliy hayot  orasida yengib bo‘lmaydigan g‘ov mavjud. Xuddi shuning uchun xalqaro tashkilotlar,  Afrika davlatlari uyushmasi va YUNISEF  boshchiligida har yili millionlab  afrika bolalari  hayotini insoniy hayotga yaqinlashtirish  mo‘ljali bilan tashabbuslar qilishadi, munozaralar uyushtirishadi.

16 комментариев к “16-iyun Afrikada bolalarni himoya qilish kuni”

  1. Уведомление: Varese Incontri Donna Cerca Uomo Varese

  2. Уведомление: DevOps consultants

  3. Уведомление: Belfast escorts

  4. Уведомление: buy cvv dumps

  5. Уведомление: passive income streams

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: เงินด่วน ได้จริง

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: 토토셔틀

  10. Уведомление: 토토포켓몬

  11. Уведомление: Key Wall Safe

  12. Уведомление: aller à

  13. Уведомление: look at more info

  14. Уведомление: Dianabol Kaufen

  15. Уведомление: magic mushroom grow kit

  16. Уведомление: https://fi.co/resources/click/8851?url=https://windbagcompany.ca/

Комментарии закрыты.