1914 — 1918- yillardagi Birinchi jahon urushi

DO`STLARGA ULASHING:

1914 — 1918- yillardagi Birinchi jahon urushi
Urushning boshlanishi
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o`z yovuz maqsadlari yo`lida ma’naviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog`ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi.
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya’ni suiqasd yuzasidan o`tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo`ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.
Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e’lqn qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog`oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahon&i bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Germaniya 1914 yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi.
Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi.
Yashin tezligida g’alabaga erishish ning barbod bo`lishi
Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko`ra Germaniya armiyasi betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya—Fransiya chegarasida to`plangan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo`lishiga erishishi kerak edi. So`ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo`ljallangan edi.
3- avgustda shiddat bilan hujumga o`tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Fransiyaning taslim bo`lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo`lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo`ldi.
Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko`ra 17- avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo`ldi.
G`arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma’lum darajada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to`plab qarshi hujumga o`tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsa-da, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi.
Marna daryosi bo`yida Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914- yilning sentabrida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Fransiya armiyasining qo`li baland keldi.
Og`ir ahvolga tushib qolgan nemis qo`mondonligi 9- sentabrda butun g`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi.
Marna jangida erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g`alaba qozonish rejasi barbod bo`ldi.
Turkiyaning urushga kirishi
Turkiya hukmron doiralarining aksariyati Germaniya tarafida turib urushda qatnashishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi. Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o`zi bosib olishi mo`ljallangan yerlar yo Rossiya qo’1 ostida, yoki Angliya qo’1 ostida edi.
Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani 1914yilning 2- avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga olib keldi.
11- oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz taklif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga va’da oldi.
Germanparast, harbiy vazir va Bosh qo`mondon Anvar poshsho 29oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo`mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hududlarini o`qqa tutishga buyruq berdi. 2- noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush e’lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo`lgan Kavkaz frontini vujudga keltirdi. 5—6- noyabr kunlari Angliya va Fransiya ham Turkiyaga urush e’lon qildilar.
1915- yilning 19- yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari Turkiyaga qarshi Dardanell bo`g`ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo`lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko`rsatdi.
Natijada, Angliya harbiy dengiz flotiga katta talafot yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok bo`ldi va yaralandi.
Buyuk сhekinish.
Sharqiy front 1915- yilda asosiy urush harakatlari i maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (g`arbiy Ukraina) boshladilar. Natijada, 1915- yilning bahori va yozida rus armiyasi qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo`ldi. Rus armiyasi mislsiz darajada talafot ko`rdi. 850 ming soldat va ofitser halok bo`ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi.
Rus armiyasi qattiq qarshilik ko`rsatsa-da, kuchlar noteng bo`lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo`yi, g`arbiy Belorussiya va g`arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «buyuk chekinish» nomi bilan kirgan.
g`arbiy frontdagi ahvol
Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyatlardan ruhlanga Germaniya g`arbiy frontdagi ahvolini ham o`zgartirib olmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta umid bog`ladi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har qanday suv usti kemalarini ham cho`ktirib yuborish niyatida edi. Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915- yilning 7- may kuni Germaniya suvosti kemalari Angliyaning «Luzitaniya» deb ataluvchi ulkan yo`lovchilar tashish kemasini cho`ktirib yubordi. Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo`lovchi (shu jumladan 126 nafar AQSh fuqarosi) bor edi.
Ulardan 1195 nafari halok bo`ldi. Germaniya tomonidan yuzlab yuk kemalari yo`q qilinib tashlandi.
Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U 1915- yilning 25- aprelida Ipr jangida urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida 15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq, bu qurol ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta armiyasi tez orada gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta’minlandi.
Italiyaning urushga kirishi
Italiya rasman «Uchlar ittifoqi»ning a’zosi bo`lsada, uning maqsadi urushda kimning qo`li baland kelishiga amalda ishonch hosil qilish hamda qaysi tomon Italiyaga urushdan so`ng ko`p o`lja va’da qilishini kutib turish edi. Antanta Italiyaga u so`ragan hududlarning barchasini berishga rozi bo`ldi. 1915-yilning 26- aprelidaAntantabilanltaliyao`rtasidaLondonda shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko`ra, Italiya bir oy o`tgach o`zining sobiq ittifoqdoshlariga qarshi urushga kirishi zarur edi. Bu majburiyat Angliyaning Italiyaga 50 mln. funt-sterling hajmda qarz berishi bilan mustahkamlandi.
3- may kuni Italiya hukumati «Uchlar ittifoqi» to`g`risidagi shartnomadan chiqqanligini bildirdi. 23- may kuni esa Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. Italiyaning Antanta tomoniga og`dirilishi Germaniya diplomatiyasining katta mag`lubiyati edi.
Yaponiyaning Uzoq Sharq va Tinch okeandagi harakatlar
Yevropada borayotgan urush harakatlari Uzoq Sharq va Tinch okeandagi Yaponiyaning harbiy harakatlari uchun qulay sharoit tug`dirdi. U 1915- yilning` 18-yanvarida Xitoy hukumati oldiga Shandun viloyatini Germaniya ta’sir doirasidan Yaponiya ta’sir doirasiga o`tkazish; Sharqiy Ichki Mo`g`iliston va Janubiy Manjuriyada Yaponiyaning mavqeyini yanada mustahkamlashga imkon berish; Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden temiryo`llarining ijara muddatini yana 99 yillik muddatga uzaytirish; Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki Mo`g`ilistonda yer maydonlariga ega bo`lishi va boshqa talablarni qo`ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQShning aralashuvi mumkinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy oldiga qo`ygan qator talablaridan voz kechdi.
8- may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini qabul qildi.
Dardanell operatsiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va Rossiya armiyasining 1915- yilgi buyuk chekinishi Bolgariyani kimning tarafida urushga kirishi masalasini hal etdi. Germaniya 1915- yilning 15- sentabr kuni Bolgariya va Turkiya, 6- sentabr kuni esa, Avstriya-Vengriya va Bolgariya o`rtasida ittifoqchilik shartnomalari imzolandi. Shu tariqa «To`rtlar ittifoqi» vujudga keldi.
14- oktabr kuni Bolgariya Serbiyaga hujum qildi. Germaniya, Avstriya-Vengriya qo`shinlari shimoldan Serbiyaga hujum qildilar. Shu tariqa Serbiya Germaniya va uning ittifoqchilari tomonidan bosib olindi
Buyuk chekinishrus armiyasining 1915- yil bahor va yozida og`ir talafotlar bilan chekinishi.
To`rtlar ittifoqi— 1915-yil 15- sentabrda Bolgariyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo`shilishi natijasida vujudga kelgan blok.

Оставьте комментарий