DO`STLARGA ULASHING:
1918 – 1939 – yillarda Italiya va Iispaniya
R E J A.
-
Birinchi jahon urushining Italiya uchun oqibatlari.
-
Orlando hukumatining ichki va tashqi siyosati.
-
Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi.
-
Birinchi jahon urushining Ispaniyaga ta`siri.
-
Harbiy diktatura o’rnatilishi va Monarxiyaning qulashi.
-
Fuqarolar urushi va Franko diktaturasining o’rnatilishi.
Italiya ham urushda g’olib davlatlardan biri edi. Biroq bu g’oliblik unga juda qimmatga tushgan. Italiya urushda 650 ming fuqarosini yo’qotdi. 800 mingdan ortiq kishi mayib – majruh bo’lib qoldi. Malakat harbiy xarajatlari 46 mlrd. Lirni tashkil etdi.
Ayni paytda Italiya Buyuk Britaniyadan 2,5 mlrd, AQSH dan esa 1,5 mlrd. Dollar qarz bo’lib qoldi. Shu tariqa Italiyaning chet el mahsulotlariga, kreditlarga qaramligi yanada kuchaydi.
Davlat qarzining ko’pligi soliqlarni keskin oshirishga olib keldi. Pul qadrsizlandi, natijada narx – navo dahshatli tarzad oshib bordi. Mamlakatda ocharchilik ro’y berdi. Buning ustiga urush natijalari Italiyani g’oliblar ichida mag’lub davlatga aylantirib qo’ydi.
Ammo Parij sulh konferensiyasida Buyuk Britaniya va Fransiya o’z va`dalari ustidan chiqmadi. Ya`ni ular va`da qilingan hududlarni Italiyaga bermadi. To’g’ri, Italiya nasibadan quruq qoldirilmadi. Chunonchi sobiq Avstriya – Vengriya imperiyasiga qarashli janubiy Tirol va Adriatika sohilidagi Triyesi porti, Yugoslaviyaning ba`zi hududlari, shuningdek Turkiyaga qarashli Dodekanes oroli Italiyaga berildi. Ayni paytda Italiya Millatlar Ligasining doimiy a`zosi maqomiga ega bo’ldi. Shuningdek, unga Fransiya harbiy – debgiz floti qudratiga teng flotga ega bo’lish huquqi berildi.
Italiyaning yirik siyosiy arboblaridan biri Orlando 1917 – yilning oktabrida bosh vazir lavozimini egallagan. Orlando hukumati Italiyaning jahon urushida qatnashishini davom ettirdi. Bu hukmat Antantaning Sovet Rossiyasiga qarshi kurashida Italiya ishtirokining tarafdori bo’ldi. Shuning uchun ham 1918 – yili o’z qo’shinlarini Odessa, Murmansk va Vladivostokka yubordi.
Hukumat tashqi savdo bozorlarining qo’ldan ketishi hamda tashqi kredit uzulib qolishining oldini ololmadi. Natijada urushdan biroz keyin mamlakatda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Oqibatda ish haqi keskin pasaydi, inflatsiya kuchaydi. Armiya safidan bo’shatilgan harbiylar ishiz qoldilar. Ana shunday sharoitda (1919 – yil iyun oyida) Orlando hukumati iste`fo berishga majbur bo’lgan.
1919 – 1920 – yillar Italiya tarixiga ham “Qizil ikki yillik” nomi bilan kirdi. Bu ibora shuni bildiradiki, shu ikki yil ichida Italiyada ham Sovet Rossiyasida (bolsheviklar qizil deb ahm atalardi) amalda oshirilgan ba`zi tadbirlar at emi oshirildi. Chunonchi, Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni egallab oldilar va ishlab chiqarish ustidan o’z nazoratlarini o’rnatdilar.
Italiya armiyasi mamlakat ichkarisidagi siyosiy voqealarga nisbatan o’z betarafligini e`lon qilganligi uchun hukumat ishchilarning bunday “o’zboshimchaligi”ni bostirishi uchun armiyani yubora olmadi.
1920 – yilda mehnatkashlari hokimiyatni egallab olish imkoniga ega bo’ldilar. Biroq ularning harakatini uyushtirishga qodir, bu ishni parlament yo’li bilan at emi oshirish tomon yetaklaydigan jiddiy siyosiy partiya yo’q edi.
1920 – yilda Italiyada inqilobiy harakatning yanada kuchayishi Orlandodan keyin bosh vazirlik lavozimini egallagan Nitti hukumatini ham bir yil o’tmay iste`fo berishga majbur etdi.
1919 – yilda Italiyada frontdan qaytgan sobiq askarlar o’z manfaatlarini himoya qilish uchun “Quroldoshlar uyushmasi” (Fashi di kombattimento) deb atalgan tashkilot tuzgan edilar. Bu tashkilotni benito Mussolini (1883 – 1945) boshqargan. Bu tashkilot Italiyada fashizm g’oyalarini keng targ’ib etdi. Benito Mussolini dastalb sotsialist edi. Burjua parlamenttarizmning mamlakatda tartib o’rnatishdagi ojizligi, urushdan keyin o’z turmush darajasining yaxshilanishiga umud qilgan millionlab fuqarolar orzu – umidlari puchga chiqqanligi, shuningdek Italiya hukmron doiralarining urush natijalaridan qanoatlanmaganligi fashizmni yuzaga chiqargan omillardan edi.
1920 – yildan boshlab fashistlar yanada faollashdilar va ular o’zlarining harbiy otryadlarni tuza boshladilar, Italiya sotsialistik partiyasi va Umumiy Mehnat Konfederatsiyasi fashizmga qarshi kurash o’rniga, 1923 – yilning 3 – avgustida Mussolini bilan “totuvlik pakti” ni imzoladilar. Ishchilar tashkilotlarining bunday yo’l tutishi fashizmni yanada kuchaytirdi va u yetakchi siyosiy kuchga aylana bordi.
Malakat hayotida eng katta ta`sirga ega bo’lgan “Sanoat bosh konfederatsiyasi” rahbarlari qirol Viktor – Emmanuel III ga telegramma yuborib, undan hokimiyat Mussoliniga berilishini talab etdilar. Qirol bunga javoban Mussolinini Bosh vazir etib tayinladi va 1922 – yil 30 – oktabr kuni Mussolini koalitsion hukumat tuzdi. Shu tariqa Italiyada fashizm qonuniy yo’l bilan hokimiyat tepasiga keldi.
1924 – yil oxirida Mussolining taziyqi ostida saylov to’g’risidagi qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra, saylovda eng ko’p ovoz olgan partiya parlamentdagi deputatlar o’rning uchdan ikki qismini egallar edi. Yangi qonun bo’yicha 1924 – yildagi parlament saylovida Mussolini partiyasi g’lalaba qozongan. Shu tariqa mamlakatda Mussolining fashistik diktaturasi qaror topdi.
1926 – yildan boshqa siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Endi Italiya bir partiyali diktatorlik davlatga aylandi. 1929 – yili Mussolini Vatikan bilan shartnoma imzoladi. Unga ko’ra, Rim (Vatikan) papasi diniy hukmdor deb tan olindi va katolikik milliy din e`tirof etildi, cherkov mulki soliqlardan ozod etildi.
Mussolining maqsadi iqtisodiyotda korporati tartibini to’la qaror toptirish edi. Shu maqsadda 1927 – yilda “Mehnat xartiyasi” deb nomlangan hujjat qabul qilindi.
Iqtisodda joriy etilgan korporativ tartibga ko’ra, ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish uchun ishchilar va sarmoyadorlar yagona Kasaba uyushmasining teng huquqli a`zosiga aylandi. Xalq xo’jaligi bo’yicha turli sohalarda 22 ta korporatsiya tuzildi va ular Korporatsiyalar Milliy Kengashiga birlashtirildi. Milliy Kengash tarkibi ishbilarmonlardan va fashistlar partiyasi vakillaridan iborat edi. Korporatsiyalar yirik mulkdorlar mavqeiga putur yetkazgani yo’q.
Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishni davlat qo’liga olib berishni ta`minlaydigan ikkita muassasa tuzildi. Uning biri Sanoatni tiklash at emir deb atalardi.
Ikkinchi muassasa Suyuq yoqilg’I bo’yicha Milliy boshqarma deb atalgan.
1929 – yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi kam taraqqiy etgan Italiya iqtisodiyotini nihoyatda og’ir ahvolga solib qo’ydi. Inqiroz 1932 – yilda o’z cho’qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishni 1929 – yilga nisbatan 33 foizga qisqardi.
Davlat xo’jalik hayotini tashkil etar ekan, avtarkiya xo’jaligi yo’lini tanladi. Avtarkiya xo’jaligi – bu, barcha zarur mahsulot turlari bilan o’zini – o’zi ta`minlaydigan xo’jalik. Bunday xo’jalikda imoratga ko’z tikilmaydi. 1934 – 1935 – yillarda Italiyada tashqi savdoda davlat monopoliyasi joriy etilganligi ham shu bilan izohlanadi.
30 – yillar davomida siyosiy hayotda ham totalitar diktatura to’la qaror topdi. Demokratiyaning barcha ko’rinishlari, jumladan, parlament ham tugatildi. Parlament o’rniga fashistlar partiyasi va korparatsiya vakillari palatasi tuzildi.
Ommaviy axborot vositalari to’la fashist davlati xizmatiga bo’ysundirildi. Oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari B. Missoliniga – Duchega sodiqlikka qasamyod qildirdi.
1923 – yilda Italiya Gretsiyaga qarashli Korfu orolini bosib oldi. Biroq Buyuk Britaniyaning talabi bilan orolni tashlab chiqishga majbur bo’ldi. 1924 – yilda Yugoslaviyaga qarashli Fiuma porti Italiyaga o’tdi. Italiya shu yili Sovet Rossiyasini tan oldi va u bilan diplomatic aloqa o’rnatdi.
1927 – yilda Albaniya ustidan amalda o’z protektoratini o’rnatdi. 1935 – yil 3 – oktabrda 600 ming kishilik Italiya armiyasi Efiopiyaga bostirib kirdi. 1936 – yil may oyiga kelib Efiopiyani bosib olish nihoyasiga yetdi.
1937 – yilda u Germaniya va yaponiya o’rtasida imzolangan “Antikomintern pakti” ga qo’shil;di. B. Mussolini bu paktni butun Yevropa uning atrofida birlashsa arziydigan ahdnoma, deb ataldi. Ushbu bitimga ko’ra, Germaniya Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini tan oldi. 1939 – yil aprelda Italiya Albaniyani butunlay bosib oldi.
Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy – siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvvafaqiyatli savdo – sotiq munosabatlarini at emi oshirishga imkon berdi. Eksport hajmi import hajmidan yuqori bo’ldi.
Ispaniya, baribir, kam taraqqiy etgan, agrar – industrial davlat bo’lib qolaverdi. Mamlakat qishloq xo’jaligida o’rta asirchilik munosabatlarining qoldiqlari hamon kuchli edi. Barcha yer maydoning uchdan ikki qismi yirik yer egalari va mamlakat hayotida katta ta`sirga ega bo’lgan katolik cherkovi ixtiyorida edi. Millionlarcha dehqon xo’jaliklariga gea atigi uchdan bir qism yer tegishli edi.
Ispaniya urush harakatlarida qatnashmagan bo’lsada, urush mamlakat aholisi turmush darajasini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Chunonchi, oziq – ovqat mahsulotlarining narxi 65 foizga ortdi. Inflatsiya kuchaydi va real ish haqi kamaydi. Buning oqibatida 1917 – yil 13 – avgustida mamlakatda yalpi siyosiy ish tashlash ro’y berdi.
1918 – 1920 – yillarda Ispaniyada inqilobiy harakat to’lqini yanada kuchaydi. Bu hol hukmron doiralarni sarosimaga solib qo’ydi. Shu yillar davomida hukumat 8 marta almashdi. Hukumat yetilgan dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga ojizlik qildi. Vujudga kelgan bu ahvol mamlakatda harbiy diktatura o’rnatishi xavfini tug’dirdi.
Ayni paytda 1923 – yilning 13 – sentabrida Kataloniya harbiy okrugi qo’mondoni general Primo de Rivera tomonidan davlat to’ntarishi at emi oshirildi. Hokimiyat harbiy direktoriya qo’liga o’tdi. Shu tariqa Ispaniyada harbiy – fashistik diktatura o’rnatildi.
1929 – yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi og’ir ahvolda bo’lgan Ispaniya iqtisodiyotini izdan chiqardi. Davlat qarzi keskin ko’paydi. Keng miqyosda korrupsiya avj oldi.
Mamlakatda inqilobiy portlash ro’y berishining oldini olish maqsadida harbiy generalitet yanvar oyida Primo de Riverani iste`fo berishga majbur edi.
1931 – yil 12 – aprelda bo’lib o’tgan mahalliy saylovlarda respublikachilar g’alaba qozondi. Saylov yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua – demokratik inqilobi yuz berdi. 14 – aprel kuni inqilobchilar qirol hokimiyati ag;darilganligini e`lon qildilar. Buni eshitgan va yengilishiga iqror bo’lgan qirol Alfonso XIII shu kuni taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi.
1931 – yil iyun oyida Ta`sis Majlisiga saylov bo’lib o’tdi. Unda respublikachi partiyalar va sotsialistlar g’alaba qozonishdi. Mamlakatda sotsialistlarva so’l respublikachilarning M. Asanya boshliq koalitsion hukumati tuzildi. 9 – dekabrda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya Ispaniyani “barcha mehnatkashlar respublikasi” deb e`lon qildi.
Fashistlar esa 1933 – yilda “Ispan falangasi” deb atalgan partiya tuzdilar. O’ng kuchlar faollashuviga xalq ommasining so’l kuchlar hukumati (Asanya hukumati) siyosatdan noroziligi ham sabab bo’lgan. Hukumatning islohotlarni o’tkazishdagi qat`iyatsizligi xalq ommasi ko’z o’ngida uning obro’sini to’ka boshladi.
1933 – yilning oxirida o’tkazilgan parlament saylovlarida o’ng partiyalar g’alaba qozondilar. Shu tariqa, Ispaniyada fashistik to’ntarish bo’lishi tobora oydinlasha bordi.
1936 – yil 16 – fevralda parlamentga bo’lib o’tgan saylovda Xalq fronti g’alaba qozondi. Xalq fronti hukumati o’z va`dalarini bajarishga kirishdi. Masalan, agrar islohot bo’yicha 1936 – yilning iyuligacha dehqonlar 700 ming gektardan ortiq yer oldilar. Xalq fronti hukumatining chuqur islohatlari yirik sarmoyadorlarni, cherkovni, katta yer egalarini, harbiy generalitetni tashvishga solib qo’ydi.
1936 – yilning 17 – iyul kuni harbiylar Marokashda isyon boshladilar. 18 – iyulda isyon Ispaniya hududiga ko’chdi. Shu tariqa, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlandi. Armiyaning 80 foizi isyonchi fashistlar tarafiga o’tdi. Isyonda general F. Franko (1892 – 1975) rahbarlik qildi. Ispaniya qonuniy hukumati respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yuzasidan shoshilinch choralar ko’ra boshladi. 300 ming kishilik respublikachilar armiyasi tuzildi. Fuqarolar urushi taqdirini Germaniya va Italiyaning aralashuvi hal etdi. Ular o’z harbiy kuchlarini F. Frankoga yordamga yubordilarAQSH “betaraflik”, Buyuk Britaniya va Fransiya Ispaniya ishlariga “aralashmaslik” yo’lini tutdilar. Natijada respublikachilar chetdan qurol sotib olish imkonidan mahrum bo’ldilar. Yevropa davlatlaridan, shu jumladan Sovet davlatidan ko’ngilli qismlar kelib, Ispaniyaning qonuniy hukumati tomonida turib urush harakatlarida qatnashdilar.
1936 – yil sentabrida isyonchi fashistlar mamlakat poytaxti madridga hujum boshladilar. Fashistlar harbiy aslaha sifat va miqdori jihatidan katta ustunlikka ega edi. Respublikachilar ularga qarshi mardonovar jang qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Fashizm g’alaba qozondi. 1939 – yil 28 – martda Madrid egalladi. G’arb davlatlari F. Franko hukumatini darhol tan oldilar.
Nazorat savollari.
-
Birinchi jahon urushining Italiya va Ispaniya uchun oqibatlarini so’zlang.
-
Italiya va Ispaniyada fashizm qay tariqa hokimiyatni egalladi?
-
Ispaniyada monarxiya ag’darilishini so’zlang.