20-noyabr Xalqaro chekishdan vos kechish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Har yili 20-noyabrda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida «Xalqaro chekishdan vos kechish kuni” nishonlanadi. Bu kun Amerikaning onkologik jamiyati tomonidan 1977-yil tashkil etilgan. Butundunyo sog’liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotiga ko’ra dunyoda 90% o’lim, o’pka rakidan 75%, surunkali branxitdan 25%, chekish orqali yurakda ishemik kassalik ortirish tufayli sodir bo’lar ekan. Planetamiz bo’yicha har 10 sekuntda 1 ta chekuvchi o’ladi. (2020-yil har 3 sekuntda 1 kishi); Rossiyada har o’ntadan bir ayol chekadi, xalqaro chekishdan voz kechish kunining maqsadi tamakiga bog’lanib qolayotganlar sonini keskin kamaytirish, aholining hamma tabaqalarini, vrachlarni va boshqa soha egalarini chekishga qarshi kurashga jalb etish, chekishni sog’liqga zarari, uning og’ir oqibatlari haqida ma’lumotlar berishdan iborat, so’rovnoma natijalariga ko’ra: Axolini 47% chekishni zararli odat deb hisoblashadi, 38% bog’lanib qolish, 9% davolab bo’lmaydigan kasallik, 6% aholi chekishga o’z munosabatini aniqlay olmagan. Chekishning zararli oqibatlari haqidagi savolga so’rovnomada ishtirok etayotganlardan 22%i javob berishga qiynalishdi. Chekishni tashlash haqidagi savolga 12% chekishni tashlash oson deb hisoblashdi, 56% juda qiyin deb javob berishdi, 4% mumkin emas, 28% bu haqida o’ylab ko’raganini aytdi. So’rovnomada qatnashganlarning 21% chekishni tashlashga harakat qilib ko’rgan, lekin uddasidan chiqa olmagan. Chekishni tashlashga yordam beruvchi markazlar mavjudligidan 30%i xabardor, 70% esa bunday markazlar borligidan bexabar. Tamaki chekishni sog’liq uchun zararli ekanligi haqida yaxshi ma’lumotga ega bo’lgan insonlar nikatinga bog’lanib qolishdan o’zini ehtiyot qilishadi. Inson tamakidan foydalanish sog’liq uchun zararligini tan olmaydi kasallik ularga tegishli emas deb o’ylaydi yoki chekish odati shunchalik kuchliki, undan voz kechish imkoni yo’q deb hisoblaydi.
Diqqat! Sog`liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi!

20-noyabr Butun dunyo falsafa kuni
20-noyabr (2014-yil hisobi bo’yicha) Butun dunyo falsafa kuni YUNESKO tomonidan belgilangan bo’lib, noyabrning uchinchi payshanbasida o’tkaziladi. Butun dunyo falsafa kunini g’oyasi shundan iboratki, global, sotsial madaniy masalalarni qayta o’zgartirishni muhokama qilishning umumiy yo’llarini topish, odamlarni falsafiy meros bilan tanishtirishdan iborat. Falsafa insonning dunyoda tutgan o’rni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy faoliyatining bir shakli. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni «mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish”, Aristotel «narsalarning sabablari va asosiy tomonlarini tadqiq etuvchi fan” deb bilgan. Forobiy falsafani «Hikmatni qadrlash” yoki fikrlash san’ati deb bilgan.

20-noyabr Kit ovlovchi «Esseks” kemasi bahaybat kit tomonidan shikastlangan kun
1820-yil 20-noyabrda Tinch okeanida Amerikaning «Esseks” kemasi bilan baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Kema 1819-yil Massachusets shtati portidan ovga jo‘nab ketadi. Yarim yil davomida ekipaj Tinch okeanining janubiy qismida kit ovlaydi, lekin bironta yirtqich kit bunga yakun yasay olmagandi. Kit qiruvchi «Esseks” kemasi bir necha marta bahaybat kitlar tomonidan shikastlangan. 20 ta matros uchta kichkina qayiqda endilikda britan Pitkern orollari tarkibiga kiruvchi odam yashamaydigan Xenderson oroligacha yetib oldilar. Ochlik va chanqoqdan deyarli hammasi xalok bo‘ladi, faqat kit xujum qilgandan keyin 95 kun o‘tgach, kapitan Pollard va yana bir moryakni boshqa kit ovlovchi kema ularni qutqarib qoladi. Boshqa qayiqda qutulib qolgan birinchi yordamchi Cheyz bu sarguzasht haqida hisobot yozadi. 30 yil o‘tib bu voqea sabab German Melvillning «Mobi Dik” asari paydo bo‘ldi.

20-noyabr Butunjahon bolalar kuni
1954-yil (rezolutsiya 836 (IX)) Bosh assombleya hamma davlatlarga Butunjahon bolalar kunini nishonlashni tavsiya qildi. Assombleyaning bu bayramni o’tkazishdan maqsadi bolalarning tinchligi, salomatligi va ularning yashash sharoitini yuqori darajaga ko’tarishga qaratilgan. 1959-yil 20-noyabrda bolalar huquqi haqidagi deklaratsiyani va 1989-yil bolalar huquqlari haqidagi konvensiyani qabul qildi va bu bayram har yili nishonlanib kelinmoqda. 2012-yil bosh kotib ta’lim tizimida «Avvalom bor ta’lim” degan tashabbusni ko’tarib chiqdi. Bu g’oya ta’limning siyosiy ahamiyatini ko’tarilishiga va uning sifatini mustahkamlab, targ’ibot ishlari orqali qo’shimcha mablag’ olishga harakat qilishga qaratilgan. Ta’limdagi yutuqlar ona va bola o’limining kamayishiga, salomatligini yaxshilanishiga, daromad darajasining ko’tarilishiga va mustahkam ekologik jamiyat qurishga yordam beradi.

16 комментариев к “20-noyabr Xalqaro chekishdan vos kechish kuni”

  1. Уведомление: rent scooters in treasure island

  2. Уведомление: as.hockeywatches.com

  3. Уведомление: Cloud DevOps Consulting

  4. Уведомление: check here

  5. Уведомление: for more info

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: magic mushroom chocolate bars denver

  9. Уведомление: mp3 juice

  10. Уведомление: this

  11. Уведомление: article

  12. Уведомление: Sexy Baccarat

  13. Уведомление: phentermine side effects​

  14. Уведомление: buy golden teacher mushroom online netherlands,

  15. Уведомление: 주식커뮤니티

  16. Уведомление: astro strain

Комментарии закрыты.