3-oktyabr Dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun

DO`STLARGA ULASHING:

1906-yil 3-oktyabrda dengizda SOS  falokat signali tasdiqlangan kun. Shu kuni Berlinda 29 ta davlat vakillari  ishtirokida halokat signali SOS ning tasdiqlanishi to’g’risida  Dengiz konferensiyasi bo’lib o’tgan. 1890-yillar boshida hali radio ixtiro qilinmasidan oldin, dengiz kemalarida turli audiosignalli va ko’z bilan ilg’anadigan halokat signallari qo’llanilar edi. Buning uchun semafor (xar-xil rangli) bayroqlar, signal chiroqlar va qo’ng’iroqlardan foydalanishgan. Radio (u paytda «simsiz telegraf” deb nomlanardi) avvallari  yer usti sili telegraf hisoblangan Morze alifbosidan foydalanilgan. Kemalarda radiostansiyalar paydo bo’la boshlagandan so’ng kommunikatsiyani standartlashtirishda zaruriyat paydo bo’ldi. Dastavval, taklif qilingan signal CQD harflardan iborat bo’lib, birinchi ikkita harf hamma radiostansiyalarning standart chaqirig’i hisoblangan, oxirgi D- harfi esa signalga keyinchalik qo’shilgan, bu harfdan ingliz tilida -Danger-havf so’zining birinchi harfidir. Bu  so’zga dengizchilar tezda «Come Quick, Danger” iborasini qo’llashgan, uning ma’nosi ingliz tilidan tarjima qilinganda «Tezroq boring, halokat!” degani. Shunday bo’lsada, Morze alifbosi tilida bu signal juda qiyin bo’lgan. Turli noxushliklarni oldini olish maqsadida bu harflar o’rniga keyinchalik boshqalarini ya’ni, -SOS tanlangan. Morze tilida bu kod shunday bo’lgan- uchta tochka- uchta tire- uchta tochka. Shunday qilib, bu signal jumlaning texnik tushunchasidan kelib chiqqan, ulardan ko’pinchalik quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi; «Save Our Shin” (bizning kemani qutqaring), yoki «Save Our Souls”, «Save Our Spirits” (bizning qalbimizni qutqaring), yoki «Swim Or Sink” (yordam beringlar yoki cho’kamiz), yoki «Save Other Signals” (boshqa signallarni bas qiling) signallarni qabul qilgandan keyin paydo bo’lgan. 1999-yil 1-fevraldan so’ng hamma dengiz kemalari halokat signalini uzatish uchun yangi zamonaviy -GMDSSni qo’llashlari kerar. Shu munosabat bilan «SOS” signalining ahamiyati pasayganiga qaramay uning qo’llanilishi  hali ham  kuchlidir.

12 комментариев к “3-oktyabr Dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun”

  1. Уведомление: crystal methamphetamine code

  2. Уведомление: denver magic mushroom shop​

  3. Уведомление: หนังเอวีซับไทย

  4. Уведомление: สินเชื่อที่ดินค้ำประกัน

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: buy ssauerfirearms

  7. Уведомление: florida cornhole

  8. Уведомление: buy ayahuasca tea online purchase,

  9. Уведомление: Buy B+ magic mushrooms for sale online Colorado Europe,

  10. Уведомление: Hunter898 แจกเครดิตฟรี

  11. Уведомление: บอลยูโร 2024

  12. Уведомление: lizard king mushroom spores

Комментарии закрыты.