31-avgust O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi qabul qilingan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e`lon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne`mat yo`q. 1991-yil 1-sentabr xalqimizning  ma`naviy hayotida  beqiyos o`rin egallagan har yili eng ulug`, eng aziz bayram sifatida katta shodu hurramlik bilan nishonlanadigan qutlug` ayyomga aylandi. Prezident Islom Karimov  «Mustaqil o`zbek davlati-halqimizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida  ozodlikni orzu qilgan O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka  erishishi  taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda  munosib o`rinni egallash – biz ko`zlayotgan oliy maqsaddir” deydi. Yurtboshimizni tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy g`ururimiz, Navro`z, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan bo`ldi.  Davlat ramzlari qabul qilindi. Ilgari nomi ham, asarlari ham  bizdan sir tutilgan buyuk ajdodlarimiz yana o`zimizga qaytdi. Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi, Termizdagi Alpomish yodgorlik majmualari kabi ko`plab maskanlar mustaqillik sharofati bilan barpo etildi, qaytadan obod qilindi. Mustaqillikka  erishgach milliyligimiz, ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, madaniyatimiz qayta tiklandi. O`tgan 27 yil ichida O`zbekiston tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi” deb ta’kidlaydi. Yurtimizda kun sayin bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda: diyorimizda qad ko`targan muhtasham binolar, dilni yayratadigan istirohat bog`lari, ko`zni quvnatadigan ko`priklar bunyod etilmoqda.

14 комментариев к “31-avgust O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi qabul qilingan kun.”

  1. Уведомление: office furniture

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: sportsbet

  5. Уведомление: MDMA Shop

  6. Уведомление: foot fetish hookups

  7. Уведомление: Georgia cornhole

  8. Уведомление: Gold Coast Clear Zkittlez

  9. Уведомление: buy howafirearms guns

  10. Уведомление: click resources

  11. Уведомление: Tropical Punch 1.2g Wax Infused Pre-Roll

  12. Уведомление: Best Psychedelic Store New South Wales

  13. Уведомление: บาคาร่าออนไลน์

  14. Уведомление: 토렌트

Комментарии закрыты.