31-iyul Eng sevimli kitoblarni eslash kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Kitob axborotlarni, g`oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ`iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga ko`ra, hajmi 48 sahifadan kam bo`lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, kitob deyish qabul qilingan. Kitob  ishi, kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o`rganish bilan bo`liq katta jarayonni o`z ichiga oladi. Fan, adabiyot, san`at asarlaridan matbaada ko`paytirish va tarqatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni ko`plab chiqarish, kitob bosish ishi poligrafiya sanoati olib boriladi. Kitoblarni to`plash, saqlash, o`quvchilar o`rtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi  Kitob va bosma nashrlar haqida muayyan maqsad bilan o`quvchilarga ma`lumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir. Kinobning paydo bo`lish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan o`zviy bog`liq. Yozuvning uzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o`ziga xos tomoni va boshqalar. Ma`lum darajada Kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi  Misr, Rim, Yunoniston va O`rta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqalar. Materiallarga yozib fikr izhor etganlar. Har bir kitob o`nlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat bo`lib, og`irligi bir necha kg bo`lgan. Yozuv materiali sifatida papirus o`simligi ishlatilishi (mil. av. 4 ming yilliklarda) bilan o`rama kitoblar paydo bo`ldi. Bunday kitoblarning uzunligi o`rtacha 10 m atrofida bo`lib, ingichka, yumaloq tayoqlarga o`raglan va maxsus charm yoki yog`och g`iloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qadimgi Rim va Yunonistondagi ko`pgina nodir asarlar papirusga bitilgan.  II asrga kelib kitob materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm bo`ldi. Dastlab bunday kitob  o`rama holda saqlangan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, O`rta Osiyoda, xususan, Xorazmda milodan avalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardo`shtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qadimiy nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning O`rta Osiyodagi istilosiga qadar u yerda ko`p nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar bo`lgan. Lekin ularning ko`pi bosqinchilikurushlari natijasida yo`qotib yuborilgan. 2-asrlardan boshlab Qadimgi Rimda xuddi hozirgi kitoblarning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali kitoblar  kodeks paydo bo`ldi. Ular dastlab papirus, so`ng pergamentga yozilgan. Bunday kitoblar og`ir va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi ko`rinishdagi kitoblar paydo bo`ldi. Teriga ishlangan noyob kitoblardan biri Mus-hafi Usmon Qur`onidir. Qur`oni Karimning bu nusxasi 644-656-yillarda xalifa Usmon ko`rsatmasi bilan Muhammad (s.a.v)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alo`s va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qo`lyozma kitob Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. O`zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. Qog`ozning kashf qilinishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qog`ozli kitoblar bo`lgan. 13-asrdan Yevropada qog`oz asosiy yozuv materiali bo`lib qoldi. Qog`oz kitobning ko`payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. Kitob bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, O`rta Osiyoda o`rta asrlarda xattotlik san`ati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning ko`p avlodlari kitob tayyorlash usulini materiallar, siyoh, xat ko`chirish texnikasini takomillashtirib bordilar.12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soha sifatida shakllangan kitobat san`ati 15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi. Har bir kitob qog`ozidan tortib muqovasigacha, siyohdan to buyoqlari-yu zarhaligacha ma`lum me`yordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto kitobdan xushbo`y hid anqib turishi uchun ba`zan siyohga gulob yoki anbar qo`shilardi. Qo`lyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 16-asrlarda bir qancha iste`dodli xattot, musavvir, lavvoh va sahdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va b.) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat san`ati ravnaqiga ulkan hissasini qo`shgan. Xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa`diy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini ko`chirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan ko`chirilgan 50 dan ziyod kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o`rta asrning o`ziga xos hunarmandchilik korxonasi bo`lib, ularda qo`lyozma kitoblarni to`plash va saqlash bilan birga kitobsozlik bilan bog`liq bo`lgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari «kutubxona dorugasi» yoki «kitobdor» deb atalgan. Ularning qo`l ostidagi ko`plab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar kitob yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Masalan, 15-asrning 1-yarmida Hirotda Ulug`bekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qo`lyozma asarlardan nusxalar ko`chirish va ularni bezash bilan band bo`lgan. Har bir qo`lyozma kitob bir necha mutaxassis qo`lidan o`tardi. 1425-1429-yilarda Ja`far Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari ko`chirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob san`at asari sifatida bu kitob Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham o`z davrida mashhur bo`lgan. Navoiy badiiy qo`lyozma san`atini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. Uning bevosita ko`magi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi o`nlab kitobsoz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an`analari keyingi yillardagi kalligrafiya san`atining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yo`li bilan kitob tayyorlash uzoq vaqt davom etdi. Hatto kitob bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda kitoblar qo`lyozma yo`li bilan ko`paytirilar edi. Kitob nusxalarini ommaviy ko`paytirish yo`lidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo bo`ldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosish ixtiro qilinishi kitob taraqqiyotida yangi davr ochdi. Kitob bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi. Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O`rta Osiyo Rossiyaga qo`shib olingandan keyin tarqaldi. 1868-yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning «Chu va Norin tizmalari etagidagi tog`li o`lka to`g`risida lavhalar» (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma kitobdir. O`zbek tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrohimovning 1871-yil Xivada bosilgan «Kalendar»idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bulardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), G`ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy,  tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi. Istiqloldan keyingi yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin o`zgarish bo`ldi. Tarixiy,  milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qur`oni Karimning o`zbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991-y., «Cho`lpon» nashriyotida; 2001-yil., Toshkent Islom universiteti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli «Hadis»lari (1991-96 yillar, Qomuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bog`liq o`nlab kitoblar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli to`la asarlari (1998-2002, O`zbekiston «Fan» nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulug`bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli «Xotira» kitobi chiqarildi. «O`zbekiston» nashriyotida O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli asarlari nashr qilindi (1997-2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talab ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik  kitoblar nashr etmoqdalar. Kitoblarning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormoqda.

14 комментариев к “31-iyul Eng sevimli kitoblarni eslash kuni”

  1. Уведомление: maxbet

  2. Уведомление: this content

  3. Уведомление: pills for sale

  4. Уведомление: devops outsourcing model

  5. Уведомление: things to do on shrooms,

  6. Уведомление: have a peek here

  7. Уведомление: adult friend finder vs ashley madison

  8. Уведомление: Click Here

  9. Уведомление: gmo strain

  10. Уведомление: sig mcx-spear 277 price

  11. Уведомление: Cheap DMT for sale Brisbane

  12. Уведомление: ufabtb

  13. Уведомление: 웹툰 다시보기

  14. Уведомление: Kampala International University

Комментарии закрыты.