8-dekabr – O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni uchun eng yangi sherlar

8-dekabr – O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni uchun eng yangi sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

8-dekabr – O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni uchun eng yangi sherlar.

Konstitutsiya kuni bayrami uchun yozilgan yangi, zamonaviy she’rlar to‘plami. Maktab tadbirlari, sahna chiqishlari va videoroliklar uchun eng mos she’rlar.

​​O’zbekiston ramzlari.

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu – baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.

Bugun dadam berar dars
Asramog’ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.

Bizning konstitutsiya!

Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!

Konstitutsiya kitobi.

– Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o‘qisa,
Manguga men hamrohman.

Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,
Sizni qilay farovon.
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.

Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,
Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.
Sahifangni o‘qisam,
Asarlar bor biz uchun.

Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
-O‘qib olsang kundan – kun,
Fikring bo‘ladi durkun.

Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo‘lsang har ishda,
Dono bo‘lsang yumushda,

Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o‘tadi, sen kutma!
O‘qi, bedor bo‘lsang ham,

Hayotda bo‘lmaysan kam.
– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,

O‘qiyverib to‘ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko‘nglimdagi ahdimsan!
-Iqbolimiz ko‘zlagan,

Adolatdan so‘zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo‘l ochgan,

Iqbol urug‘in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug‘i bo‘lsan doston!
– Mo‘tabar ona – Vatan,
Sadqa bo‘lsin jonu – tan.

Eng oliy hakam.

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

Оставьте комментарий