8-Mart tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

8-mart tadbirlar ssenariysi
   Kimdir  savol  berdi  aytgil  Muhammad  yolg’iz  sen  rahimsan butgul  olamda, kimga  ko’p  yaxshilik  qilay  o’zing  ayt, ota-onamgani  yoxud  bolamga?
     Rasul  javob  qildi tingla  birodar, gapimni  uch  bora  quloqqa  olgin, imkon  topa  olsang  dunyoda  agar  eng  avval  onanga  yaxshilik  qilgin. Bu  hikoyat  sharhini  o’yladim  uzoq   rostan  ona  erur  qiblai  olam garchan  padarimiz                      biroq
Onadan  tug’ilgan  payg’ambarlar  ham.
O’quvchi: Men o’zbekning farzandi  Onajonim dilbandi
                    Buvimning  asal  qandi   Otamning  jigarbandi
                    Tug’ildam Chirchiqda  Oppoq  qor  yoqqan  onda
                    Miraziz Shuhrat o’g’l   O’zbek  xalqin  g’urur
                     Yollayman  sizga  salom  Dildan  salom,  assalom.
O’quvchi:Go’zal  O’zbekistonning
                  Samarqand  goshasidan
                  Yollayman  salom, onajonlar assalom.
                  Otam  meni Sardor  deya  atadi
                  Elga  Sardor  bo’lgin  deb  hamdam
                  Bundan  hursand  bo’lgan  olam
                                  Bundan  hursand  bo’lgan  onam.
O’quvchi: Onajonlar  sizga  salom  Opajonlar  sizga  salom
                  Barchangizga hurmat  ehtirom  Ustozjonlar  sizga  assalom
                  Tug’ilganman  Chirchiq  shahrida
                  Issiq  yozning  jazirama  qahrida
                  Otam  qo’ygan ismim  bekzodjon
                  Onam  tilar  qayda  bo’lsang  bo’l  omon.
O’quvchi:Tilimdan  qolmas  kalom
                  Mehmonjonlar  assalom.
                   Doniyorjon  qo’yganlar  ismim
                   Bunga  yarashar  jismim
                   Tug’ildim  Gulistonda
                   Bahor, gullar  ochigan  chog’da
                   Ilm  olish  maqsadim
                   G’olib  chiqish  istagim.
O’quvchi:Hatto  biz  deb  onajonim,ayamaysiz  joningizni
                  Betashvish-ku  mehribonim,yeyolmaysiz noningizni
                  Sizga  taqdim  qilayin, podshohlarning  taxtini
                  Xudoyimdan men  tilayin, ikki dunyo  baxtini.
O’quvchi:Farzandining  oromi  uchun,oromini  yoqotar ona
                 Bormi  dunyoda  onadan  aziz.
                 Farzandining  oyoalariga,tasodifan  kirsa bir tikan
                Eng  avvalo mushfiq onaning,yuragiga sanchilar  ekan.
                Bormi bu dunyoda onadan  aziz,       
                ona bilan har bir honadon aziz.
O’quvchi:Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga
                 Bosib o’tgan aziz yoshinga,sadqa bo’lsin jonim onajon.
                Bahtiyorman o’g’il-qiziz ko’p,har biriga aytar so’ziz ko’p,
                Yodgorliging qolar  sening ko’p, iftihorim jonim onajon.
          Olamni  munavvar aylagan zot  bu Ona. Ona  so’zi uch  harfdan  iborat  bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Ona go’zallik, donolik  timsolidir.
                  Ona-chashma  farzandlar  ana  shu  chashmadan  oliyjanoblik, ezgulik, umuman  insoniylik  sharobini  shimirib  chanqog’ini  qondiradilar.  Ona  aziz  va   motabar  siymo. Onalarimiz  haqidagi  rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar  osha  ana  shu  ulug’ siymolarning  yaxlit  ramzi  sifatida saqlanib kelmoqda.  Ona  buyuk  zot. Ona  o’zida  nafosat  latofat, sadoqatni  aks ettiruvchi  zot.Dunyoga  keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat  farog’atdan  kechadi.
             Onalar  haqqini tirikligida  ado etish kerak zero  o’lganida  qabrtosh  qo’ydirishdan  ne hojat.        
           Ba’zi farzandlar onalariga tik  qarab hattoki  qo’l ko’tarishgacha  boradilar. Onaning  qarzidan hech  vaqt qutila  olmaymiz.  Shu orada  bir  rivoyat  keltirmoqchiman.   (sahna  ko’rinishi)
          Bir  yigit  onasini  opichlab  makka-yu  madinaga  olib  boribdi:
———Ey  olloh, men endi onamning  qarzidan qutildimmi?
____Sen onang  bir  kecha  bedor  bo’lib bir marta bergan  oq  suti  haqqinidan  endi  qutilding,—deya  ollohdan  nido  kelibdi. Ha  buyuk  zot  ona qadrini  ona  bo’lganda  bilasan deganlari  rost.
           Senga  dziz  mehribon, oq sut  bergan  onadir.
           Yotsang, tursang  soyabon, parvonang  shu  onajon.
          Yaxshi  yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi
          Holing  ko’rib, bolam  deb,ham  quvonib kuyuvchi.
         Shu  onadir  unutma,ta’zimda  bo’l  eg boshing,
Bir  kun  qo’ldan  ketganda,befoyda to’kkan  yoshing.
Onajon qarzdorman,bugun  qoshingda,
Senga  iliq  so’zlar baxsh etgum  kelar,
Eng  nafis  gullarni  to’kib boshingdan
Mehring  yuragimda naqsh  etgum  kelar.
Qaylarda  bo’lmayin, uzoq yaqinda
Hayollaring  ila  nafs  olaman,mushtiparim,sensiz nur  yoqdir.
Sizdan  uzoqlashsam, dildan  yonaman.
                   Onamni  asragin.
Onam  mening  bxhtim
Mening hayotim,u mening borlig’im, ko’kdagi  oyim.
Yuragimda o’chmas mangu  bayotim
Xudoyim  onamni asragin  doim.
Tongda  turib menga  taxtlar  tilagan
O’tirsa tursa ham baxtlar  tilagan
Yig’lasam yupatib boshim  silagan
Xudoyim onamni asragin doim.
                 Onamga  deb.
Hursand  bo’ldim—nigoh  soldim, olamga  deb
O’ynab  kuldim, mung  yarashmas  nolamga  deb,
Avvallari  so’ramabman, o’zimdan  hech,
Nima  qildim  yolqizgina  onamga  deb.
Mehri  bilan murg’ak jonim o’sar edi,
menga kelgan  balolarni to’sar edi.
Yuragimni  ming  bir  armon  kesar  edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb
Bol  totmadim  alla aytgan so’zi  kabi,
Vafodor  yoq zor-intizor ko’zi  kabi
Topolmadim  bir mehribon  o’zi  kabi,
Nima  qildim  yolg’izgina  onamga  deb.
Qator-qator uylar  soldim, to’ylar qildim
Alvon-alvon  kimlargadir  gullar terdim,
Ulguraman  hali  vaqti  bo’lar  dedim,
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Omad  so’rab olgan  edim duosini
Topdim katta  dunyolarning  dunyosini
Ammo  netay  pushaymon dil  nidosini
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Jon bo’lmadim  jondardlar  tuyganida
Jigarimni  dog’I  bilan  kuyganida
Ojiz  qoldim  ajal  uni   suyganida,
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Kechroq  qolsam ilhaq bedor  kutar  edi,
Suv so’rasam  darrov  choylar  tutar  edi,
Goh  koyinsam—ichlariga  yutar  edi,
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Mening  g’amim  mayus  qildi ko’zlarini
Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini,
Endi  yig’lab, izlad  qoldim izlarini,
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Achchiq- achchiq ko’z  yosh  aylar ho’l  diydamni
Men  o’zimga o’zim  topdim shul sitamni,
Axir-axir  sog’inaman volidamni
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
Onangiz  gar  bor  bo’lsalar, mador  bo’ling
G’animat  deb xizmatida tayyor  bo’ling,
Bobur  kabi  so’ng  o’rtangmang, hushyor  bo’ling,
Nima  qildim  yolg’izgina onamga  deb.
                    Onajonim   allasi.
Elas-elas  esimda, bolaligim  pallasi
Ruhimga  kuch  beradi, onajonim  allasi.
Alla, qizim  bolajon,tunda  uhl;ab  tong  uyg’on.
Sarviqomat  bir  qiz  bo’l,ulg’ayib  quvvatga  to’l.
Ovoz  beraman  mayin, yoqar  edi  quloqqa,
Ohangiga mast bo’lib, ketar edim pinakka.
Noming  azizligin,boisi  shunda
Ona barmoqlarin, tafti  bor  unda.
Gul  yuziga  yarashar holi, doim  boshda  turar  po’moli
Farzandlarga bahti  iqboli, o’zbegimning  go’zal  ayoli.
Qanchalar  quvonamiz, boshimizda erta  kech
Onajon  parvonasiz,o’g’il  qizim, baxtimdir  deb bizga ishonasiz.
Onajonim  azizam mehribonim yolg’izim,
Kechalari  uxlamay alla aytganlar
Bilim, odob o’qitib tarbiya  qilgan
Muqaddasim  onajon bahtimga  bo’ling  omon.
Azizlikda  yurtim  onam barobar
Qaldim  to’la  ilhomim  bor  onamga
Umrim  bo’yi  elim  uchun  to’kib  ter
Hurmatni  etay izhor  onamga.
Hurmatimni  izhor  etay  onamga,
qoshiqlarim  onaizor onamga.
Onam  bergan yurak  bilan  qo’l  bilan,
bog’im  aro tutdim  gullar  onamga.
Sen  yog’dusan  ayol, yog’dularing mehr- muruvvati
Yer  yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat.
 Sahna  ko’rinishi:Onalarni behad  ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq  siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar  ham  talaygina.
Quyoshdan  so’rashibdi:
Sening  haroratingdan    zo’roq  harorat  bormi?
Bor——-javob  berdi  Quyosh——ona  mehri  mening taftimdan  ham  kuchliroq.
O’limdan  so’rashibdi:  Senga  bas  keladigan  kuch  bormi? Bor-debdi  o’lim-Ona mehri  meni  ham  chekintiradi.
Daryoi  azimdan  so’rashibdi: Sendan  kuchliroq jonzot  bormi dunyoda?  Bor-debdi  Daryoi  azim.Ona  mehri  mendan  kuchliroq.
  Ha, ona  mehri toshni  eritadi, qahri tog’ni  qulatadi  daryoni jilovlay  oladi.Quyosh – haroratini, oy  nurini, hayot  go’zalligini  onadan  olgan
Tabiat  tarovati  gullar  isi,hayot  nashidasidan  inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati  bari-bari onaizordan.
                     Ona-ona,onajon,jaji  nihol  gul  g’uncham
                     Mehringizdan  bol  ichaman,so’zlaringiz  joylab  dilga
                     Otlanaman  porloq  yo’lga,Siz  quvonchim  hayajonim,
                     Mehribonim  onajonim.
Yurakdagi  nozik  ilhomim,sizga  bugun  jonim  onajon.
Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim  sizga jonim onajon.
Bag’ishlading jonimga  huzur,ko’zlarimga bera olding nur
Deding bolam  doim  to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon.
Gullar olib  boray  qoshinga,bulbul bo’lib  qo’nay  qoshinga
Bosib o’tgan aziz  yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon.
Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p
Yodgorliging qolar  sening ko’p, iftihorim jonim  onajon.
Muborakbod  etib  kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin
Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon.
Sahna ko’rinishi:  Ona  mehri.
Boshlovchi:Go’zal  bir  yurt  bor  emish, gulzor  chamanzor emish
                     Bog’da sayrasa bulbul,olam  guliston emish.
                     To’satdan  bir  kun yurtni,har  tomondan  yov bosdi.
                     Payhon  etib  ekinni,xalqni  qatl  etibdi,
                     Yurtda bir  ayol qolib, omon  qolish  hohlarmish,
                      O’g’il  qizini  quchib,farzandiga jonin  berarmish.
                     Bosqinchi  shoh  ayolni sinab  ko’rmoqchi bo’ldi,
                     Uni  omon  qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi  bo’ldi.
Bosqinchi  shoh:
Seni  o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar
O’yib  olsam o’ng ko’zing,bolang sog’  omon qolar.
Mushtipar  ona  shu  on,kerak  bo’lsa ol ko’zim
O’g’lim  omon  qolsa  bas,ishonaver chin  so’zim,
Menga  ko’zim kerakmas.
Boshlovchi:Jallodlar ona  ko’zin,hamon  o’yib olishdi
                    Ona churq  etmaganin,ko’rib  hayron  qolishdi.
                    Bosqinchi  shoh  ko’nmadi,ayolni  tinch  qo’yishga
                    Chap  ko’zini so’radi,endi qizin  o’rniga.
                   O’yib  olsam  chap  ko’zing,qizing  omon  qoladi
                   Ona—kerak  bo’lsa ol  ko’zim,qizim omon qolsa bas
                   Ishonaver chin  so’zim,menga ko’zim  kerakmas.
Boshlovchi: Ona  berib  chap  ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin
                      Bosqinchi  shoh oldida, yoqotmabdi hech  o’zin.
                      Bahodirlar  qo’zg’alib,shohni mag’lub  etibdi
                      Ko’zsiz  qolgan onani, yurtga bosh  etishibdi.
 Odatda onadi  Mehribon volida  deymiz.Chunki har  bir  inson uchun onadan mehribon  va yaqin kishi  yoq, ona  siz bilan  bizni dunyoga keltirib, ko’z  qorachig’idek asrab-avaylab   voyaga  yetkazibgina  qolmay, hamma  vaqt  quyosh  yanlig’ hayotimizga nur  ato  etadilar,tunimizni  yorug’,yolimizni oydin  qiladilar.
             Ona  muqaddas  ona  aziz  va  mo’tabar  siymo. Ona ulug’lik go’zallik  donolik  timsoli. Ona  hayot  chashmasi  ona shu  chashmadir
Onaning  bir  qo’li beshikni, ikkinchi  qo’li  dunyoni tebratadi.
Onaning  dili og’risa, yer ham titraydi.
Dunyo  tor bo’lganda ham,ona bag’ri  keng’
Bolaning  barmog;I  og;risa’onaning yuragi achiydi
Onaning  yaxshiligini bemor bo’lsang  bilasan
Otasini og’ritgan el  ichida hor  bo’lur,onasini og’ritgan
Parcha  nonga  zor  bo’lur.
Avaylab  bizni, bir  parcha go’shtidan,
Inson  qiladi  onaga  ta’zim.
Ona  borki bola  bor,  ona borki alla bor,ona borki olam  bor,
Hush  kelibsiz hush  vaqt bo’ling  hamisha  hamma  vaqt bo’ling,  to’ling  to’kilmang  qatorimizdan  kam bo’lmang.  Xonadonlarimizda tashvish-u
Bemahal  g’am  ko’rmang.   Yurtimiz   obod  bo’lsin, xalqimiz  ma’naviy  boy  badavlat  bo’lsin, to’y  tomoshasi  ko’p  bo’lsin.
       Doimo  siz  ustozlar izzat  hurmatda  bo’lin.

Оставьте комментарий