Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bo‘lganda, chet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent chet tilidan test ishlamaydi:

ingliz tili uchun — IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, CAE FCE hamda milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

yapon tili uchun — JLPT №2 yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

nemis tili uchun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

fransuz tili uchun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha V2 va undan yuqori daraja.

Bundan pastroq daraja (masalan, IELTS 5) olgan abituriyentlarga maksimal ball berilmaydi, ular el qatori testga kirishlari kerak bo‘ladi.

©xushnudbek