Albaniya Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Albaniya Respublikasi
Republika e Shqipërisë

Albaniya (Shqipëria), Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë) – Bolqon yarim orolining janubi-g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan[2]. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 2.9 million kishi (2018). Poytaxti Tirana shahri.

Albaniya – parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi – bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i – prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi – hukumat boshlig‘i boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – tegishli xalq kengashlari.

Axolisi:
Albaniyaning asosiy aholisi – albanlar (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – alban tili. Aholining o‘rtacha zichligi – 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi.

Оставьте комментарий