Aleksey Mareseyev

DO`STLARGA ULASHING:

Aleksey Mareseyev

Sovet Ittifoqi Qahramoni Aleksey Mareseyev 1916-yilda tug’ilgan. 1942-yilning 4-aprelida «Demyan qozoni» (Novgorod viloyati) deb nom olgan hududda fashistlar bilan bo’lgan jangda Aleksey Mareseyevning samolyoti urib tushirilgan, Alekseyning o’zi esa og’ir yaralangan. Oyog’idan yaralangan uchuvchi 18 kun front liniyasiga emaklab, o’rmalab borgan. Kasalxonada uning  ikkala oyog’i ham amputatsiya qilingan. Lekin u shifoxonadan chiqib, yana samolyotni boshqarishga kirishgan. Urush paytida u jami 86 ta jangovar parvoz qilib, dushmanning 11 ta samolyotini urib tushirgan: to’rt marta jarohat olishdan oldin va yetti marta jarohat olganidan keyin.

Mareseyev Boris Polevoyning «Haqiqiy inson hikoyasi» romani qahramonining prototipiga aylangan. Aleksey Mareseyev 2001-yili vafot etgan.

Оставьте комментарий