ALIMЕNT OLAYOTGAN ONA BOLA PULI XAM OLSA BO‘LADIMI.

DO`STLARGA ULASHING:

ALIMЕNT OLAYOTGAN ONA BOLA PULI XAM OLSA BO‘LADIMI.

⚡️SAVOL;
Men oilam bilan ajralishganman. Xozirda turmush o‘rtog‘im ikki nafar bola uchun aliment to‘laydi. Olayotgan alimentim sababli menga bola puli berilmaydimi ?

⚡️JAVOB;
Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, olingan alimentlar oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Yuqoridagi normaga ko‘ra, olingan aliment oilaga bola puli berilishi uchun daromad sifatida xisobga olinishi to‘g‘ri lekin, nizomda aliment olingani uchun bola puli berilmaydi deyilgan joyi yo‘q. O‘sha olingan alimentni oilangizni boshqa daromadlari bilan qo‘shib xisoblaganda kishi boshiga 498 ming so‘mdan oshib ketmasa bo‘ldi, nizomning boshqa talablaridan kelib chiqib bola puli berilishi mumkin.

Оставьте комментарий