Alisher Navoiy G’azallari

DO`STLARGA ULASHING:

Alisher Navoiy G’azallari
O’n sakkiz yosh hayratlari
Mubtalo bo’ldim sanga
Lablaringkim hayf erur…
Oshiq o’ldum
Istadim
Meni men istagan kishi…
Kecha kelgumdir debon
Jong’a chun dermen
Xil’atin to aylamish
Olmani otti nigorim
G’urbatda g’arib
Ko’z birla qoshing yaxshi
Gar oshiq esang
Farhod va Xisrav aytishuvi
Orazin yopqach ko’zimdin…
Qaro ko’zim
Jondin seni ko’p sevarmen
O’n sakkiz yoshga kirmagan kim bor
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.
Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
Mubtalo bo’ldim sanga
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.
Men qachon dedim: “Vafo qilg’il manga” zulm aylading,
Sen qachon deding: “Fido bo’lg’il manga” bo’ldim sanga.
Qay pari paykarga dersen telba bo’ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga.
Ey ko’ngul, tarki nasihat aylading ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.
G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.
Lablaringkim hayf erur…
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko’ngul,
Telba yanglig’kim, qochar el g’ofil o’lg’ach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko’rar,
Ne quvong’ay dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qo’y nasihat, zohido, o’tlug’ damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo’qturkim, sog’alg’ay pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat bo’lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo’lmish ko’ngul,
La’l erur mahlul qon o’rnig’a har parkand ila.
Chun Navoiy ko’ngli sindi, emdi lutfing ne asig’?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Oshiq o’ldum
Oshiq o’ldum, bilmadim yor o’zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
Qaddig’a el mayli bo’lg’ondin ko’ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men o’ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag’rig’a kirgan xor emish.
Rishtakim, muhlik yaram og’zig’a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog’idin suvurgan tor emish.
Ko’yi devoridin og’riq tang’a tushgan soyadek,
Sel g’amidin emdi soya o’rnig’a dildor emish.
Jong’a taxvif ayladim tig’i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o’lguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xo’blarni ko’rma osonlig’ bilan,
Kim biravkim soldi ko’z, uzmak ko’ngul dushvor emish.
Istadim
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga kim jonim fido aylab sog’indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo’qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo’qtur sog’inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g’aflat ko’rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni ko’ngul ko’z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorug’luq topmadim,
Dayr piri xizmatig’a ko’yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g’ussadin,
O’zni bekaslik balosig’a giriftor istadim.
Meni men istagan kishi…
Meni men istag’an o’z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko’nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no’shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o’z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug’ ko’nglumdin o’zga yerga javloni samand etmas.
Ko’ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o’zga bo’ynungg’a kamand etmas.
Ul oy o’tlug’ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko’z,
Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.
Kecha kelgumdir debon
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro’zgorimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko’rganda kulgu kelmadi.
Ko’zlarindin necha suv kelgay deb o’lturmang meni,
Ki bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo’qsakim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim avval qadam ma’shuqa o’tro’ kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
Jong’a chun dermen
Jong’a chun dermen: “Ne erdi o’lmakim kayfiyati?”
Derki: “Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdin so’rsamki: “Bu za’fingg’a ne erdi sabab?”
Der: “Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati”.
Chun bag’irdin so’rdum, aytur: “Andin o’t tushti manga
Kim, ko’ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati”.
Ko’ngluma qilsam g’azab, ayturki: “Ko’zdindur gunah,
Ko’rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati”.
Ko’zga chun dermenki: “Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o’lmish telba ko’nglumning baloyu vahshati”.
Yig’lab aytur ko’zki: “Yo’q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko’rundi nogahon ul sho’xi mahvash tal’ati”.
Ey Navoiy, barcha o’z uzrin dedi, o’lguncha kuy
Kim, sanga ishq o’ti-o’q ermish azalning qismati.
Xil’atin to aylamish…
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig’, yashil.
Shishadek ko’nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig’, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.
Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.
Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.
Olmani otti nigorim
Olmani otti nigorim, “ol”,-dedi
“Olma birla bu ko’ngilni ol”,-dedi
So’rsam ersa olamsini rangini
“Olma rangin ne so’rursan, ol”,-dedi
G’urbatda g’arib…
Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.
Ko’z birla qoshing yaxshi
Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog’ing yaxshi.

Оставьте комментарий