Alkogolizm yoxud ichkilikbozlik zararlari

DO`STLARGA ULASHING:

Alkogolizm(A.) — tibbiyot nuqtai na-zaridan spirtli ichimliklarni mu-dom ichaverish oqibatida ro‘y beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilik-bozlik. Keng ma’noda — spirtli ichim-liklarni me’yoridan ortiq ichishning kishilar sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatiga, ma’naviy va maishiy hayotiga, shuning-dek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. A. individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Ichkilik ta’sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’-uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mum-kin. A. ishlab chiqarishga zarar yetkaza-di, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlar-ning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok bo‘lishiga olib keladi. Mastliqda odamning muvozanatni yaxshi saqlay ol-masligi, diqqati chalg‘ib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.
A. rivojlanishida boshlang‘ich, o‘rta va so‘nggi bosqich alomatlari kuzatiladi. Boshlang‘ich bosqich — asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning pay-do bo‘lishi va unga bo‘lgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yo‘qolishi, yashirin yoki yolg‘iz ichib mast bo‘lish, ichayotgan alkogol miqdorini nazorat qila olmay qolishi, perforatsion amneziya, faqat ichaverish to‘g‘risidagi istakning miyaga o‘rnashib qolishi, alkogoldan o‘zni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. O‘rta bosqichda — alkogolga bo‘lgan chidamlilik juda oshadi, «alkogol ochligi» — humor (ab-stinent) holatining yuzaga kelishi, al-kogolga bog‘lanib qolish, soxta mayzada-348lik (psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi. So‘nggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik (intolerantlik), muttasil ichishning davriy tuye olishi, chin mayza-dalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki a’zolar faoliyatining iz-dan chiqishi, dispeptik holat, o‘tkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi bilan ifodalanadi. A. odam organizmidagi hamma sistemalar va a’zolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam o‘zi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qo‘yadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati bu-zilib (psixik kasalliklar, nevritlar va b. paydo bo‘ladi), ichki a’zolar funksi-yasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli ta’siri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzili-shiga olib keladi. Ichkilikboz odam qo‘l barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni ba-jarib yurgan odatdagi ishini bajara ol-may qolishi mumkin. Ko‘p ichadigan odam-da ko‘z xiralashib, ba’zan quloq ham og‘ir tortib qoladi.
Ichkilikning me’daga ta’siri natijasida shu a’zoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. A. pankreatit, kand kasalligi, stenokardiya va miokard infarqti kasalliklariga ham sabab bo‘ladi. Ichkilik ichki sekresiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi. Ayollar ichkilik ta’si-rida tez so‘lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asorat-lar ko‘proq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi.A.ning oldini olish. A. belgilari paydo bo‘lganda, ichkilikbozni narkolo-giya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida mun-tazam davolanishni tashkil qilish kerak
Manba: uz.wikipedia.org (Mirqobil Xalilov)

Оставьте комментарий