DO`STLARGA ULASHING:
❓Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?
? Umumiy qon tahlili. Bunda eozinofillar oshishini kuzatamiz va organizmda autoimmun kasallik kechayotganini bilamiz.
? Qondagi IgE miqdori. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi va ichki allergenlarga organizmda antitela hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
? Teri sinamalari. Bu usulda teriga qo‘yilgan sinama orqali aynan kaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.
? Provokatsion testlar. Bunda allergen burun, ko‘z, og‘iz orqali kiritiladi, bu usul teri sinamasi va allergopanel orqali javob olinmaganda ishlatiladi.
? Allergopanellar. Qon orqali qaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.
? Eliminatsion testlar. Ovqat allergiyasida qo‘llaniladi, ratsionda iste’mol qilinadigan ovqatlarni cheklash yordamida sababchi aniklanadi.