ALMAGEL sirop

DO`STLARGA ULASHING:

Almagel sirop
#Алмагел сироп
?Dori shakli : sirop
?Tarkibi : ?
Magniy gidroksid , algeldrat
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Antatsid vosita ( kislotalik oshib ketganda qo’llaniladi)
?QO’LLANILISHI ?
— O’tkir gastritda qabul qilinadi
— Surunkali gastritda qabul qilinadi
— Oshqozonda kislotalik muhit oshib ketganda yaxshi samaraga ega
— O’tkir 12 barmoq ichak yallig’lanishida ( duodenitda ).
— O’tkir ingichka ichak yallig’lanishida ( enteritda).
— O’tkir yo’g’on ichak yallig’lanishida ( kolit kasalligida)
— Oshqozonning va 12 barmoq yara kasalligida qabul qilinadi.
— Gastroezofagal reflyuks kasalligida, reflyuks ezofagitda va duodenogastralniy reflyuksda qabul qilinadi.
— Yuqori hazm a’zolari yo’lining shilliq qavatlarini eroziyasida qabul qilinadi.
— Ichaklar va oshqozon teshilishi holati oldidan qabul qilish mumkin
— Jig’ildon qaynaganda qabul qilinadi
— O’tkir va surunkali pankreatitda qabul qilinadi
— Ovqatlangandan keyingi qorin og’rig’ida qabul qilinishi mumkin
— Nikotin , kofe va spirt qabul qilgandan keyin ichak shilliq qavatlarini yallig’lanishi va ishdan chiqishi holatlarida qabul qilinadi.
?QO’LLASH USULI ?
Preparat ovqatlanib bo’lib
 30 — 40 minut o’tgach qabul qilinadi.
Kattalarga va 15 yoshdan katta bo’lganlarga 5— 10 ml dan sutkasiga 3 — 4 mahal buyuriladi
10 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa 2,5 — 5 ml dan sutkasiga 3 mahal buyiriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Qabziyat kuzatilishi mumkin , ya’ni ich qotish holati
— Ko’ngil aynish , qusish
❌QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Organizmda magniy moddasi ko’p bo’lganda va aluminiydan intoksikatsiya bo’lganda
— Altsgeymer kasalligida
— Fosfor organizmda kamligida
— Homiladorlikda mumkinmas
— 10 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Almagelni qabul qilib bo’lgach 10 — 15 minut suyuqlik qabul qilmang ( esda saqlang ).
?Preparat 3 xil chiqadi.
— Almagel
— Almagel A
— Almagel neo ko’rinishida
Bularning bir biridan farqi , masalan almagel bilan almagel A ni farqi almagel A tarkibida benzokain moddasi qo’shimcha bo’lib og’riqni ham qoldirish tasiriga ega.
Almagel neo esa qo’shimcha gazlarni parchalovchi tasirga ega.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Islandiya
,, ТАБЛЕТКА » kanali ?
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА» gruppasi ?
@Farmakolog_TTA

Оставьте комментарий