ALOTREM siropi

DO`STLARGA ULASHING:

Alotrem
#Алотрем
?Tarkibi : Levokarnitin —1 gr
?Dori shakli: ?
Ichga qabul qilish uchun eritma.
Tarkibi:
10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:?
Faol modda: Levokarnitin – 1 g.
?Ta’siriga ko’ra ?
 Modda almashinuvini yaxshilovchi vosita. Vitamin kompleks. Aminokislota
?TA’SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ??
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. L-karnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin boʻlgan tabiiy modda. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, sitoplazmadan hujayra membranalari orqali mitoxondriyaga uzun zanjirli yogʻ kislotalarni (shu jumladan, palmitin) tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar oksidlanadi (beta-oksidlanish) va katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qiladi. Qonninng ishqoriy zahirasini toʻldiradi, gemodinamikaning serebral autoregulyatsiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan taʼminlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan oʻchoqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik taʼsir koʻrsatadi. Neyrotrofik taʼsir koʻrsatadi, apoptozning rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv toʻqimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yogʻ almashinuvini meʼyorlashtiradi, tananing ortiqcha vazni, hamda mushaklardagi yogʻlarning miqdorini kamaytiradi, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Meʼda va ichak shirasining sekretsiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti boʻlib, gipertireozda oshgan asosiy almashinuvni meʼyorlaydi.
?QO’LLANISHI ?
— Preparat karnitin tanqisligida kattalar, bolalar va chaqaloqlarda qoʻllanadi.
— Karnitinni ikkilamchi tanqisligida (gemodializ oʻtkazgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida boʻlgan, uning sarflanishi keskin oshishi bilan boʻlgan gipoksiyada
— Difteriyada
— Skelet mushaklarining kuchsizligi va miopatiyali patsiyentlarda)
— Chala tugʻilgan bolalarda
— Anoreksiyada
— Bolalarda, tana vazni yetarli darajada oshmaganida va oʻsishni kechikishida
— O’tkir miokard infarkti fonidagi miokardning metabolizmini buzilishi
— Kardiogen shoki oqibatidagi gipoperfuziya holatida qoʻllanadi.
— Yurak ishlash faoliyatiga yaxshi ta’sir qiladi.
— Qonning harakatlanishini yaxshilaydi va organizmni qon bilan yaxshi ta’minlanishini tiklaydi
— Organizm xujayralarini o’lishini sekinlashtiradi
— Shikastlangan to’qimalarni tiklaydi
— Nerv to’qimasi va tolalarni faoliyatini yaxshilaydi , ya’ni asab charchaganda va boshqa holatlarda
— Ozdirish ta’siriga ega.
— Jismoniy mehnatga va yuklamalarga chidamlilikni oshiradi.
— Me’da ichak shirasining sekretsiyasini oshiradi
— Ovqat hazm bolishini yaxshilaydi.
— Buyrak kasalliklarida
— Jigar kasalliklarida va me’da osti bezi kasalliklarida
— Miokard infarktida, stenokardiyada va kasallikdan keyingi holatlarda qabul qilish mumkin
— Tireotoksikozda
— Pediatriyada shifokor nazorati ostida 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda
— Chala tug’ilgan go’daklar, yangi tugilgan chaqaloqlar, tug’ruq travmasi yoki asfiksiya o’tkazganlarni parvarish qilishda
— So’rish refleksi sust va tana massasini oshishi qiyin bo’lgan bolalarda, harakat va ruhiy faoliyati yetarli bo’lmagan bolalarda
— 16 yoshgacha bo’lgan bolalarda o’sishdan orqada qolish, semizlikda qollaniladi.
— Yurak kasalliklarida, miokarditda, o’tkir miokard infarkti va infarktdan keyingi holatlarda.
— Bosh miyaning qon tomir patologiyasida va uning oqibatida kelib chiqqan nevrorologik kasalliklarda.
Travmadan keyingi nevrologik kasalliklarda.
— Jigar kasalliklarida, me’da sekretor faoliyatining sustligida. Sekretor faoliyati past bolgandagi surunkali gastritda
— Ishtaha pasayishi, tana vazni kamayib ketganda,
— Operatsiyadan keyingi holatda tiklanish davrida.
— Muntazam jismoniy mehnatdan keyin, toliqishni kamaytirish uchun
— Psoriazda,seboreyali ekzemada qo’llaniladi.
— Stenokardiya, miyada qon aylanishi buzilganda.
— Psixogen anoreksiyada
— Psixik kasalliklarda
— Qon bosimini oshiradi
— Tireotoksikozda
— Ishemik insultda
— Bosh miya travmalarida
?QO’LLASH USULI ?
Kattalar 10 ml flakondan kuniga 2 — 3 ta ichsalar boladi.
Dorixonadan xarid qilgan vaqtizda farmatseftdan so’rasangiz ham bo’ladi.
Yosh bolalarga pediator shifokor dozani belgilaydi ( esda saqlang ).
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Qorin sohasida og’riq
— Jig’ildon qaynashi
— Muskullar kuchsizligi
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Doimiy jigildon qaynab yuradiganlarda mumkinmas
— Me’dada kislotalilik kuchli , ya’ni doim oshqozonda kislotali muhit bolib yuradigan kishilarga mumkinmas.
———— ———— ————-
?ALOTREM ANALOGLARI ?
?ADMIN MASLAHATI ?
Homiladorlikda qabul qilishda homiladorlikning birinchi 3 oyligidan keyin shifokor maslahati bilan.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Buyuk Britaniya
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий