Android 10’dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

🤫 (https://telegra.ph/file/f5e3035e9cf63f259e891.png)Android 10’dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?

Mana bir necha yildirki, Google o‘z operatsion tizimining turli versiyalarida sirli panelni yashirib keladi. Ushbu sirli paneldagi o‘yinga Android’ning 10-versiyasida qanday murojaat etish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. “Настройки”ga va undagi “О телефоне” bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. So‘ngra “Версия Android” satriga tezkor ravishda bir necha marotaba bosing.
3️⃣. “Android 10” logotipi paydo bo‘ladi. 10 sonini “Q” harfi shaklida joylashtiring.

Logotipdagi “1” raqamini boshqarish uchun, uning ustiga ikki marta bosing, so‘ngra darhol ushlab turing, raqam aylanishni boshlaydi. Barchasini to‘g‘ri amalga oshirganingizni kulrang va oq chiziqlar harakatlanishni boshlaganidan bilib olasiz.

Shundan so‘ng ushbu sirli panelning ikkinchi qismi — Picross o‘yini paydo bo‘ladi. Bu chetda ko‘rsatilgan sonlarga mos tarzda maydondagi katakchalarni to‘ldirish bilan bog‘liq boshqotirmadir (yapon krossvordiga o‘xshab ketadi, ammo kataklarni to‘ldirish qoidasi farqlanadi).

Agar siz undagi jumboqqa yechim topsangiz — katta piksellar ko‘rinishidagi rasm va ostida uning miniatyura ko‘rinishi bilan birga tavsifi paydo bo‘ladi. Tavsif ustiga bosgan paytingizda o‘yinning keyingi bosqichi boshlanadi.

Оставьте комментарий