Android’da ishlovchi smartfonimizni tezlashtiramiz

DO`STLARGA ULASHING:

Android’da ishlovchi smartfonimizni tezlashtiramiz (https://telegra.ph/file/0b3c7a668a55014971c24.png)🚀

❗️Dasturchilar uchun menyuning imkoniyatlari rukni ⚙️

Bugun biz Android’da ishlovchi smartfonimizni dasturchilar uchun menyuning Скорость системной анимации (Tizim animatsiyasi tezligi) kabi foydali funksiyasi yordamida tezlashtiramiz.

Bu Android’ning vizual ishlashini yaxshigina tezlashtirishga erishish imkonini beruvchi foydali opsiyalardan biridir. Gap shundaki, ba’zi ishlab chiqaruvchilar vau-effektlar poygasida qatnashib, operatsion tizimni haddan tashqari chiroyli animatsiya bilan og‘irlashtiradi.

Ushbu dasturchi uchun opsiyalar bo‘limida siz mustaqil tarzda animatsiyalar vaqtini sozlashingiz yoki umuman ularni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Natijada esa, tizim ishlashining ancha tezlashgani sizga bilinadi.

Buning uchun amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi:

1️⃣ Dasturchilar uchun menyuga o‘ting (bu menyuni faollashtirish haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi (https://t.me/itspecuz/1502) maqolamizda keltirilgan).

2️⃣ Анимация окон, Анимация переходов, Длительность анимации bandlarini toping.

3️⃣ Barcha bandlarda Без анимации qiymatini o‘rnating.

‼️ Android’da ishlovchi smartfoningiz tezligi bilan yuz bergan o‘zgarishlardan zavqlaning!

Biz bilan birga bo‘ling!

👨🏻‍💻 @itspecuz

Оставьте комментарий