Archa o’yinchoqlarini yasash

DO`STLARGA ULASHING:

Yangi yil barchamizning yoshligimizdan eng qiziqib kutiladigan bayram. Va albatta yangi yil archa va uning bezaklarisiz bo’lmaydi. Archa bezaklarining xilma xilligi yanada chiroyli va tomoshabop bo’lishiga sabab bo’ladi. Qishning kuni, ta’til payti uyda o’tirganda archa bezaklari va qor parchalarni o’z qo’limiz bilan yasash va uy bezatish odamga boshqacha maroq beradi. Menimcha ko’pchilik yoshligida shunday qilgan va bugungi kunda farzandlariga o’rgatib kelmoqda. Qolaversa maktablarda o’rgatilib, namunalardan ko’rgazmalar ham tayyorlanadi. Hozirgi internet zamonida har bir sohaning rivojlantirilgan va turli odamlar tomonidan turlicha g’oyalarga ega videolarini ko’rish muammo emas. Eng muhimi ulardagi yangilik va xilma xillik. Quyidagi Youtube.com saytidan olingan videolar ana shular jumlasidandir. Xo’sh bu yil boshqa davlatlardagi o’z ishining ustalari kanaliga odam jalb qilish maqsadida izlanib, yangiliklar yaratib, astoydil harakat qilib tayyorlagan yangicha archa bezaklari nimalardan iborat? Ko’rib o’zingiz baho bering.

Foamiran deb atalgan polietilen materialning yaltiroq turidan yasalgan o’yinchoqlar

Rangli qog’ozdan 3D sharik yasash

Fetr matosidan archa bezaklari yasash

Archa yulduzchasini yasash

Yaltiroq tangachasi tasmadan tayyorlargan archa bezagi

Kusudama deb ataladigan rangli qog’ozdan yasalgan sharcha.

Noodatiy va nisbatan murakkab, origama usulida.

googol.uz

Оставьте комментарий