Ashxobod zilzilasi

DO`STLARGA ULASHING:

Ashxobod zilzilasi
Ashxobod zilzilasi – 1948-yil 6-oktyabr – mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1dan 12 daqiqa o’tganda bo’lgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Ashxobod shahridan janubiy-g’arbda, Qurug’ovdonda, 10-15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 balgacha yetdi. 1000 km kv.ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,80 shimoliy kenglik va 58,60  sharqiy uzunlik). Buzmayin- Ashxobod- Qurug’ovdon chizig’i bo’ylab Kopetdog’ tog’larining shimoli etagida shimoliy-g’arbdan janubiy-sharqqa yo’nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo’ldi. Ko’p yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, tog’larda ko’chkilar sodir bo’ldi, yer osti suvlarining miqdori o’zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo’nalishda siljidi. Ashxoboddan g’arbda yer 33 sm ko’tarildi, sharqda esa 22 sm cho’kdi. Ashxobod shu ko’tarilgan va cho’kkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan bo’lganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yo’nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo’lsa ham. Lekin asosiy falokat janubiy-sharqdan shimoliy-g’arbga yo’nalgan gorizontal tebranishlar natijasida ro’y berdi. Asosiy zilziladan so’ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.

12 комментариев к “Ashxobod zilzilasi”

  1. Уведомление: discuss#find more information

  2. Уведомление: one up bars review

  3. Уведомление: sportsbet

  4. Уведомление: cornhole game

  5. Уведомление: เงินด่วน

  6. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: fiziksel sunucu kiralama

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: buy stoeger guns

  11. Уведомление: Divorce with children

  12. Уведомление: buy shroom bars wholesale

Комментарии закрыты.