Asl baxt nimaligini bilasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o’z hayot yo’limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo’lmasam-da, o’zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo’ladi.
Oilada uch o’g’ildan keyin tug’ilganman. Akalarim meni juda yaxshi ko’rishar, doim himoya qilib yurishardi. Maktabni tugatib tibbiyot kollejiga o’qishga kirdim.  2-kursligimdayoq ikki akam bo’lishiga qaramay, uyimizga sovchilar kela boshladi. Ota-onam «Qizim o’qisin, ishlasin» deb sovchilarni qaytarishardi. O’zimni ham hali turmushga chiqish niyatim yo’q edi.
O’qishni tugatib ishga joylashdim. Bu orada akalarim uylanishdi. Qo’shni qishloqdan bir yigit men ishlaydigan shifoxonaga davolanib chiqdi va meni ko’rib sevib qolibdi. 2-3 oy ortimdan yurib ko’nglimni topdi. Uyimizga ota-onasini yubordi. Onamga ko’nglim borligini aytdim. Akalarim eshitib «bermaymiz, akasi qamalgan, otasi alkash, o’zini ham ishini tayini yo’q» deyishdi. Yig’lab-yolvorishlarim foyda bermadi. Yigit bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirdim. U menga «yur sani uzoq-uzoqlarga olib ketaman» dedi. Har qancha sevsamda men bu ishni qilolmasdim. Ota-onam va akalarim sha’nini o’yladim.
Meni dadamni o’rtoqlariga unashtirib qo’yishdi. Kuyov juda oq-ko’ngil, aqlli edi. To’yimiz o’tdi. To’y tashvishlari va kelinlik xizmatlari biroz chalg’itdi. Birinchi farzandim jarrohlik yo’li bilan dunyoga keldi. Jarrohlikdan so’ng ko’zimni ochsam, turmush o’rtog’im boshimda yig’lab mendan xavotirlanib o’tiribdi. Shunda erimga mehrim ortib, haqiqiy muhabbat to’ydan keyin tug’ulishiga amin bo’ldim. Hozirda ikki farzandning baxtli onasiman. Ota-onam, qaynona-qaynotam ham meni o’z farzandlaridek ko’rishadi.
Aziz singiljonlar, to’rt kunlik o’tkinchi havasni deb, ota-onangiz obro’sini to’kmang! Asl baxt ota-ona roziligi!

16 комментариев к “Asl baxt nimaligini bilasizmi?”

  1. Уведомление: dmt experiences stories joe rogan

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: cornhole board

  5. Уведомление: reseñas google

  6. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  7. Уведомление: 토토포켓몬

  8. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  9. Уведомление: blog

  10. Уведомление: Psilocybe Cubensis B+

  11. Уведомление: Buy Magic Mushroom in Victoria

  12. Уведомление: buy phentermine online no script

  13. Уведомление: 뉴토끼

  14. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  15. Уведомление: ตารางบอล

  16. Уведомление: faceless youtube niches

Комментарии закрыты.