Atrof muhitni sanoat korxonalari tomonidan ifloslanishi

DO`STLARGA ULASHING:

Atrof muhitni sanoat korxonalari tomonidan ifloslanishi
 
                                         Reja:
  1. Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi.
  2. Sanoat chiqindilarini tirik organizmlarga ta’siri.
  3. Sanoat chiqindilarini qayta ishlash.
  4. Paxta tozalash korxonalarini atrof muxitga ta’siri.
Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to’fon, dovul, yong’inlar, qurg’oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar  ishtirokida kuzatiladi.
            Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta’siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o’sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo’lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo’lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko’mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg’i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish’yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink,  68 mln t. rux, 4 mln t. qurg’oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o’g’it sifatida tabiatga ya’niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o’z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to’planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi.
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2);  vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og’ir metallar temir (Fe), qurg’oshin (Pb), nikel (Ni), simob  va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta’siri bo’yicha  sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo’yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug’ri keladi.
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o’g’itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o’ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko’ra uch guruxga bo’lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o’simlik, zamburug’, bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta’siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.
Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo’linadi:
  1. insektisidlar (insectum-hashorat, cido-o’ldirmoq) – o’simlik zararkunandalariga qarshi kurash preparatlar (akarasidlar-kanalarga qarshi; lavrisidlar-dumaloq chuvalchanglarga qarshi; nematosidlar-shilliq qurtlar va buzoqboshilar; zoosidlar-hayvonlar);
  2. fungisidlar va bakterisidlar — zamburug’ va bakteriyalarga qarshi kurash preparatlari;
  3. gerbisidlar – begona o’tlarga qarshi kurash vositasi;
  4. defolianlar – barglarni so’n’iy to’kish vositasi;
  5. desikantlar – o’simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar;
  6. arborisidlar – xalaqit beradigan dov-daraxtlarni quritadigan kimyoviy moddalar;
  7. algisidlar – suv o’tlarini yo’qotish uchun kimyoviy moddalar;
  8. repilentlar – xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita;
  9. atraktantlar – xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz.
1874 yilda birinchi bulib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda hashoratlar bilan kurasha boshlagan. Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko’rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof-muhitga ta’siri kamaygani yo’q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to’xtatildi va undan foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, hayvonlar va insonlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan.
Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko’p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan tashkil topgan 805 birikma hosil bo’ladi. Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarinimisol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 mln tonna , suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan  170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin petisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori  289 mln tonnaga etgan.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta’siri. XXI arga kelib inson tabiatga nsbatan tajavuskorlik bilian munosobatda bo’lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta’sir ko’rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda.
Har yili sayyoramiz bo’yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlamiz. Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xujaligi erlari, 22-25%ni yaylovlar, 2-3%ni yul,o’y-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga tug’ri kelishini etiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli tug’ri keladi.
Hozirgi kunga qelib har yili 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg’oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o’g’it sifatida tabiatga tashlanmoqda.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish chora tadbirlari. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog’langan yaxlit borliqning ikki bo’lagini tashkil etadi.
            Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o’ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo’lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim. Buning uchun ulkan sanoat infratuzilmasi yaratilgan. Yuqorida fikr yurtganimizdek sanoat karxonalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqaradi balki atrof-muhitga chiqindilar ham tashlaydi, bu esa tabiatga o’zini salbiy ta’sirini ko’rsatadi.
            Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o’z ta’sirini ko’rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo’lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Halqaro miqyosda juda ko’p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda.
            Sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalam bor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg’or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqitsiz jarayonlardan foydalanishimiz lozim. Bunda eng asosiy maqsad bu tabiiy resurslarga tejamkorona munosabat va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, qolaversa inson salomatligini tiklash. Repulikamizda hozirgi kunda barpo etiladigan barcha sanoat korxonalari zamon talablariga mos keladigan texnologiyalari bilan jihozlanib o’rnatilmoqda. Buning natijasida respublikamiz ekologik holati yaxshilanishiga olib kelmoqda.
  1. Paxtani dastlabki qayta ishlash, tashish, quritish, tozalash, jinlash, linterlash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko’p miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar – g’o’zaning maydalangan bo’laklar; tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o’tadi); paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir.
Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo’linadi: birinchisi – texnologik mashina-uskunalardan, ikkinchisi – changlantirish sistemalaridan chiqadi.
Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti – paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo’yicha asosiy uchastka hisoblanadi.
Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo’ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o’zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko’p miqdorda mineral fraksiyalar bo’lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda – tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko’proq bo’ladi: bular chigit qobig’i, barg bo’laklari va g’o’zaning boshqa qismlari, shuningdek tolali bo’lakchalardir.

Оставьте комментарий