Avrat chegaralari haqida ma’lumot

DO`STLARGA ULASHING:

Avrat chegaralari haqida ma’lumot bersangiz! 08.03.2017
Savol:
Assalomu alaykum. Erkak va Ayol kishini islomda avrati qayerdan qayergacha kiradi? Avratni ochib yurishni xukmi bu dunyoda va boqiy dunyoda? Avrat ochiqligi yoki qisman ochiqligi ibodatga tasiri bormi? Javobingiz uchun oldindan raxmat!

 

Javob:
Va alaykum assalom. “Avrat” so‘zi lug‘atda “dushman kirishi xavfi bor har qanday nozik, bo‘sh, ochiq joy” ma’nosini anglatadi.
Inson avrati deganda, odamlarga ko‘rsatishdan uyaladigan a’zolari nazarda tutiladi. Chunonchi, kishi vujudida nomahramlar qarashi harom qilingan joylar avrat deyiladi. Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, tananing avrat joylarini ochish, nomahramlarga ko‘rsatish halol emas. Avratni berkitish, begona ko‘zlardan yashirish vojib.

Erkaklarda tananing kindikdan tizza ostigacha bo‘lgan qismi avratdir. Tushunarliroq bo‘lishi uchun erkak kishining qaysi a’zolari avrat hisoblanishini aytib o‘tamiz:

1. Jinsiy a’zo, uning atrofi.

2. Ikki moyak.

3. Orqa avrat, uning atrofi.

4. Ikki dumba.

5. Ikki son (tizzalar ham).

6. Kindik hamda qovuq orasi.

Muslima ozod ayolning ikki kafti (bilagi oshig‘igacha), oyoq to‘pig‘ining pastki qismi (qadami) va yuzidan boshqa butun badani avrat hisoblanadi. Sochi, gajagi ham avratga kiradi. Demak, ayolning quyidagi a’zolari avrat sanaladi:

1. Jinsiy a’zo.

2. Ikki quloq.

3. Ikki ko‘krak.

4. Oyoqning bilak qismi va son (qadam bunga kirmaydi).

5. Qo‘l (kaft qismi avrat emas).

6. Gardan.

7. Bosh.

8. Soch.

9. Bo‘yin.

10. Yelka.

Avrat a’zolari bejizga sanab o‘tilmadi. Chunki, avratni yopish namozning shartlaridandir. Agar avratning to‘rtdan bir qismi namoz ichida bir tasbeh aytish vaqtida, ya’ni bir ruknni ado etish vaqtida ochilsa, namoz buziladi. To‘rtdan biridan oz qismi ochilsa yoki ochilgan zahoti yopilsa, namoz buzilmaydi.
Hozir ayrim yoshlar juda kalta mayka, futbolka, shortik, yupqa liboslar kiyib masjidga kelishadi. Bu kiyimlar birovga ko‘rsatish uyat sanaladigan joylarni berkitmaydi yoki ruku’da, sajdada avratlar (jumladan, tizzasi, kindigi, orqasi) ochilib qoladi. Bu bilan namozga putur yetadi, boshqalarning ham xushu’si yo‘qoladi. Shuningdek, masjidga har xil narsalar surati tushirilgan kiyimlar kiyib kelish ham to‘g‘ri emas. Musulmon odam sal e’tiborli, farosatli bo‘ladi, “Qayerga kelyapman, namozni nima uchun o‘qiyapman”, deb mulohaza yuritadi.

Manba: “Namozda xushu’” kitobi

22 комментария к “Avrat chegaralari haqida ma’lumot”

  1. Уведомление: blognody

  2. Уведомление: click here to find out more

  3. Уведомление: best dumps 101 store

  4. Уведомление: croydon escorts

  5. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: magic mushrooms japan

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: Best DevOps consulting

  10. Уведомление: cc dumps free

  11. Уведомление: Study in Africa

  12. Уведомление: marijuana dispensaries near me

  13. Уведомление: Buy Mastermind Dark Chocolate online Toronto

  14. Уведомление: Albino Penis Envy Mushroom Psilocybin

  15. Уведомление: roof skylight

  16. Уведомление: click here now

  17. Уведомление: orlistat weight loss nhs​

  18. Уведомление: Blue meanies mushrooms,

  19. Уведомление: Study Medicine in Nigeria

  20. Уведомление: cozy sleep jazz

  21. Уведомление: b4R

  22. Уведомление: Where to buy weed online in europe

Комментарии закрыты.