Avtomobillarning umumiy tuzilishi faniga kirish. Avtomobillar tasnifi

DO`STLARGA ULASHING:

Avtomobillarning  umumiy tuzilishi faniga kirish. Avtomobillar tasnifi  
 Reja.
  1. Fanni o’rganishdan maqsad va vazifasi.
  2. Avtomobillar tasnifi
  3. Avtomobilning texnikaviy tavsifi.
Avtomobillar tuzilishi fani mutaxassislik fani sifatida o’rgatiladi. Fanni o’rganish jarayonida avtomobillarning turlari, tuzilishi, ularning tasnifi, bajaradigan ishlari, ularga texnik xizmat ko’rsatish, avtomobilning xalq xo’jaligida tutgan o’rni haqida tushunchalarga ega bo’linadi. Shuningdek mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillar bilan tanishiladi.
Tasnif. Avtomobillar hamda avtotransportlardan foydalaniladigan tirkama vositalari birgalikda harakatlanuvchi avtomobillar tizimini hosil qiladi. Bu tizim vazifasiga ko’ra yuk tashuvchi va yo’lovchi tashuvchi qismlarga bo’linadi. Yuk tashuvchilarga — yuk avtomobillari, shatakchi, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; yo’lovchi tashuvchilarga- yengil avtomobillar, avtobuslar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; maxsus tarkibga-maxsus jihozlangan, transport ishlariga mo’ljallangan avtomobillar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar kiradi.
Yuk tashishga mo’ljallangan harakatlanuvchi tarkib, foydalanish holatiga ko’ra umumiy va ixtisoslashtirilgan guruhlarga bo’linadi. Umumiy guruhga kiruvchi yuk avtomobillarining kuzovi to’rt devorli (bortli) platforma shaklida bo’ladi. Ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari kuzovi esa faqat ma’lum yuklarni tashishga moslashtirilgandir (samosval, furgon, sisterna va boshqalar). Yuk avtomobillari ruxsat etilgan maksimal massasi bo’yicha yettita klassga bo’linadi: 1,2 tonnagacha; 1,3-2,0; 2,1-8,0; 9,0-14; 15-20; 21-40; 40 tonnadan yuqori.
Sochiluvchan (qovushqoq) yuklarni tashishga moslashtirilib, o’zi ag’daradigan kuzov bilan jihozlangan yuk avtomobillari samosval (o’zi ag’daruvchi) avtomobillar deb, tirkama yoki yarim tirkamalarni sudrab yurishga moslashtirilganlari esa shatakchi-avtomobillar deb ataladi. Agar avtomobil yoki shatakchi-avtomobil yolg’iz o’zi bir yoki bir necha tirkamalarni sudrasa, bunday transport vositalari tizimi- avtopoyezd deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmiga ko’ra quyidagi turkumlarga bo’linadi: juda kichik (1,21 gacha), kichik (1,3- 1,81), o’rtacha (1,9-3,51), katta (3,51 dan katta), juda katta (chegaralanmagan).
Avtobuslar yo’lovchi tashuvchi avtomobillar tarkibiga kirib, sakkizta va undan ortiq o’rindiqqa ega bo’ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: juda kichik (5 m. gacha), kichik (6,0-7,5 m), o’rtacha (8,0-9,5 m ), katta (10,5-12m), juda katta (qo’shaloq) (16,5 m va undan uzun) bo’lgan turkumlarga ajratiladi.
Avtomobillarning barcha turlari esa har xil yo’llarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bo’linadi: tabiiy (normal) o’tuvchanlikka ega va o’tuvchanligi yuqori bo’lgan avtomobillar. Birinchi guruhga kiruvchilar qatnov uchun moslashtirilgan yo’llarga mo’ljallangan bo’lib, bitta yetakchi ko’prikka ega. Ikkinchi guruhdagilar esa o’ta qiyin yo’llardan ham yura oladi. Bu avtomobillarning barcha g’ildiraklari yetaklovchidir.
Avtomobillar yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g’ildirak formulasi deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi. Masalan: 4×2; 4×4; 6×4; 6×6 va hakoza.
Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy modelini hamda undan ayrim ko’rsatkichlari va konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi. Masalan: ZIL-130; lixachev nomli zavod, 130-ishlab chiqarilgan model raqami.
Hozirgi paytda harakatlanuvchi tarkibni belgilash uchun yangi tizim (indeksatsiya) muomalaga kiritildi. Ushbu belgilash tizimi ham oldingiga o’xshash bo’lib, zavod nomini ifodalovchi harflardan va to’rtta yoki beshta raqamdan iborat. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtomobil turini, uchinchi va to’rtinchisi model raqamini, beshinchisi (agar qo’yilgan bo’lsa) modifikatsiyaning tartib raqamini ifodalaydi.
Ikkinchi raqam, avtomobillarni vazifasiga ko’ra yoki ixtisoslashtirilganligiga qarab ajratish imkonini beradi: 1-yengil avtomobillar; 2-avtobuslar; 3-yuk avtomobillari; 4-egarsimon shatakchilar; 5- o’zi ag’dargich (samosval)lar; 6-sisternalar; 7-furgonlar; 8-zahira(rezerv); 9-maxsus avtomobillar. Dastlabki ikki raqam bo’yicha avtomobillarni belgilash tizimi quyidagi umumiy ko’rinishga ega:
Yuk avtomobillari
Ruxsat etilgan eng yuqori (maksimal) massa, t
1,2
1,3-2
2,1-8
9-14
15-20
21-40
40
Avtomobillar indeksi; bortli platforma
13
23
33
43
53
63
73
Shatakchi
14
24
34
44
54
64
74
Samosval
15
25
35
45
55
65
75
Yengil avtomobillar
Dvigatelning ish hajmi,l.
1,2
1,3-1,8
1,9-3
3,5
Indeksi
11
21
31
41
Avtobuslar
Uzunligi, m
5
6-7,5
8-9,5
10,5-12,0
16,5
Indeksi
22
32
42
52
62
Misollar: Kamsk avtomobil  zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan eng yuqori massasi 15184 kg, yigirmanchi model- KamAZ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigatelining ish hajmi 2,445 l, ikkinchi model-GAZ-3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m, birinchi model-PAZ-3201.
Avtomobilning texnikaviy tavsifi. Avtomobilga zavod tomonidan ilova etiladigan ko’rsatmada uning texnikaviy tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar quyidagi asosiy ko’rsatgichlardan iborat bo’ladi: tonna (kg) bilan ifodalangan nominal yuk ko’tarish qobiliyati yoki o’rinlar soni; tonna (kg) bilan ifodalangan ruxsat etilgan eng yuqori massa; m (mm) bilan ifodalangan gabarit o’lchamlari; dvigatel turi va uning modeli; to’la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); 100 km.ga yonilg’i sarfi (l).
Aytib o’tilgan ko’rsatkichlardan tashqari, texnikaviy tavsifnomada dvigatel va uning tizimi, transmissiya, g’ildiraklar va osmalar, boshqarish tizimi, elektr jihozlar, kabina, kuzov, qo’shimcha jihozlar, yonilg’i idishining (bakning) hajmi hamda rostlash va nazorat qilish to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Ayrim asosiy avtomobillarning qisqacha texnikaviy tavsifnomasi.
Ko’rsatkichlar
Avtomobil modeli (nusxasi)
GAZ-24
PAZ-3201
ZIL-130
KamAZ-5320
Yuk ko’tarish qobiliyati yoki o’rinlar soni
5-6
26
6 t
8 t
Ruxsat etilgan eng yuqori massa, kg
1820
7155
9525
15184
Dvigatel turi
Karbyurator
Karbyurator
Karbyurator
Dizel
Dvigatel modeli
ZMZ-24
ZMZ-672
ZIL-130
KamAZ-740
Silindrlar soni va joylashish tartibi
4, qator
8, V-simon
Silindrlarning ish hajmi, l
2,445
4,25
6,0
10,85
Dvigatelning eng katta samarali quvvati, KW (o.k)
70 (95)
84,6 (115)
110 (150)
154,4 (210)
Avtomobilning eng katta tezligi, km/soat
145
80
90
85
 Tayanch iboralar: shatakchi, tirkama va yarim tirkama, platforma, samosval, furgon, sisterna, avtopoyezd, sochiluvchan, maksimal massa, silindrlar ish hajmi, o’rinlar soni, uzunligi, g’ildiraklar formulasi, texnikaviy tavsifi.
NAZORAT SAVOLLARI
  1. Fanni o’rganishdan maqsad va vazifasini ayting.
  2. Yuk avtomobillarini tasnifini sanab bering
  3. Yengil avtomobillarni tasniflang.
  4. Avtomobilning texnikaviy tavsifini tushuntiring.
 

Оставьте комментарий