Biznesda raqobatni yengish yo’llari.

DO`STLARGA ULASHING:

Biznesda raqobatni yengish yo’llari.
Raqobat darslari (1–qism).

• Aslida raqobat biznesda juda samarali, foydali unsurdir. U:
— Mahsulot sifatining oshishiga;
— Mahsulot narxining pasayishiga;
— Bozorda tanlov ko’payishiga va yana ko’p jihatlarning o’sishiga olib keladi.

Raqobatni yengish variantlari!

«Dehqoncha» variantlar:
— Kompaniya rahbarining joniga, moliga tajovuz qilib; (Alloh asrasin lekin bu holatlar juda ham ko’payib ketdi)
— Tuhmat va ig’vo uyushtirib;
— Hukumat tomonidan siquvga oldirib;
— Kompaniyaga o’t yoqib; (O’tgan yil hisobida necha-necha korxonalarga qasddan uning raqobatchilari tomonidan o’t yoqilgani ma’lum bo’ldi)

Sof va real variantlar:
— Ishchilar oylik maoshini ko’tarib;
— Mahsulot narxini imkon qadar tushirib;
— Kuchliroq va saviyali reklama tizimi orqali;
— Marketing tizimini isloh qilish orqali(Bunga SMM ya’ni ijtimoiy tarmoq marketingi ham kiradi)

P.s. Dehqoncha uslubdan aslo foydalanmang!

• Qolganini keyingi darslarda o’rganamiz.

Оставьте комментарий