DO`STLARGA ULASHING:
?Bola nega qo‘lini so‘radi???
?3-4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aksariyatida qo‘l so‘rish holatlari kuzatiladi.
?Buning asosiy sabablari: ko‘krakdan erta ajratish, sun’iy emizish hisoblanadi. Shuningdek, bolaga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish va homiladorlik vaqtidagi stress holatlari ham ta’sir ko‘rsatadi.
?Shu sababli bola ushbu odatdan voz kechishi uchun oilada tinchlikni ta’minlash, bolaga yetarlicha e’tibor berish va ushbu odatdan sekin-asta voz kechishga o‘rgata borish kerak. Chunki qo‘l so‘rish tishlarning noto‘g‘ri shakllanishi va infeksiya tez-tez tushishiga sabab bo‘ladi
