Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi(cherepnoy davleniya) belgilari

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi(cherepnoy davleniya) belgilari

Yosh bolalarda bu kasallik qanday namoyon bo’ladi? Afsuski, go’daklar ota-onalariga o’z tuyg’ulari haqida xabar bera olmaydi, shuning uchun ota-onalar kalla ichi bosimi oshishining bilvosita alomatlariga asoslanishlari kerak bo’ladi.

Bunday alomatlarga quyidagilar:

Holsizlik;
Yig’i;
Yomon uyqu;
Qayt qilish;
Tutqanoqlar;
Ko‘zlarning beixtiyor harakatlari;
Liqildoqning shishishi va pulsatsiyasi;
Bosh o’lchamining kattalashishi (gidrosefaliya);
Mushaklar tonusi notengligi — mushaklarning bir qismi tarang, boshqa qismi bo’shashgan bo’ladi;
Tomirlar to’rining bosh terisi ostidan bo‘rtib turishi.

❗️Yuqoridagi belgilar aniqlansa, bolaga nevropatolog ko‘rigi zarur.
© Evomedklinika

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek