Вы сейчас просматриваете BOLALARNING NORMADA VAZN O’LCHAMI QANCHA BO’LISHI KERAK?

BOLALARNING NORMADA VAZN O’LCHAMI QANCHA BO’LISHI KERAK?

DO`STLARGA ULASHING:

BOLALARNING NORMADA VAZN O’LCHAMI QANCHA BO’LISHI KERAK? (16yoshgacha)

Buni eng oson usulda hisoblashni o’rganamiz?

?Buning uchun biz yosh oralig’ini 3 qismga bo’lib olamiz:

1) ?Tug’ilgandan 6 oygacha — har oyda o’rtacha 800 gr dan vazn olishi kerak,
?7 oylikdan 1 yoshgacha — har oyda o’rtacha 400 gr dan vazn olishi kerak.

?Shu bilan 1️⃣ yoshda bolaning vazni 10-11 kg ga yetadi

2) ?5️⃣ yoshda bola vazni o’rtacha 19 kg bo’ladi
?5 yoshdan 12 yoshgacha har oshgan yil uchun 3 kg vazn qo’shib hisoblaymiz, ?har yetmagan yil uchun 2 kg ayirib hisoblaymiz
(Misol: 6 yoshda 19+3=22kg, 4 yoshda19-2=17 kg)

3) ?12 yoshdan 16 yoshgacha vaznni hisoblash uchun quyidagi sodda formuladan foydalanamiz

?yosh×5-20
Misol:14×5-20=50kg

?Aziz obunachilar, siz ham ushbu ko’rsatib o’tilgan vaznni hisoblash usuli orqali albatta farzandlaringizni vaznini o’lchab ko’ring, agar me’yordan kam yoki ortiq chiqsa albatta bolalar shifokoriga ko’rsating!

Eng yaxshi davo — oldi olingan kasallik
Eng yaxshi operatsiya — qilinmagan operatsiyadir?‍⚕️

@tashxis1

Добавить комментарий