Chanoq-son displaziyasi qanday kasallik?

DO`STLARGA ULASHING:

Chanoq-son displaziyasi qanday kasallik?

Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatlarda davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan.

Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar yuzaga chiqadi. Patologiya UTT tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan tashxislanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar yordamida olib boriladi.

Оставьте комментарий