Chaqaloqlarda ich buzulishi

DO`STLARGA ULASHING:

🙇🏻‍♂️Bolaning ichi suyuq kelishi ba’zi hollarda juda xavfli hisoblanadi. Yoz kunlarida, ayniqsa bolalarda ich ketish ko’p kuzatiladi. Bolaning ichi suyuq ketayoganda ota-onalar nimaga ahamiyat berishlari lozim?

☝️Aslida ich ketish — dizentiriya alohida kasallik bo’lmay, u odatda organizmda, ko’proq hazm qilish tizimida nosozliklar mavjudligidan dalolat beruvchi alomatdir.

❗️Bolaning ichi buzilishiga nima sabab bo’ladi:

👉Noto’g’ri ovqatlanish
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ichi suyuq ketishi ko’pincha noto’g’ri ovqat yeb qo’yganidan yuzaga keladi. Ya’ni chaqaloqqa barvaqt berilgan qo’shimcha ovqat, ichni suyultiradigan mahsulotlar yoki yo’gliq ovqat bola organizmida yaxshi hazm qilinmay ich ketishni qo’zg’atib yuboradi.

👉Bola organizmida hazm qilish fermentlarining yetishmasligi
Bolaga muddatidan oldin qo’shimcha ovqat berish, yoshiga nisbatan kattalarning ovqatini yedirish ham ich ketishni keltirishi mumkin. Chunki yangi og’ir ovqatni xazm qilish uchun bola organizmi yetarlicha ferment ishlab chiqara olmaydi.

👉Buzilgan mahsulotlar yeb qo’yish
Eskirgan, achib qolgan yoki kimyoviy dorilangan mahsulotlar bolani ichini suyultirib yuboradi.

👉Disbakterioz vujudga kelishi
Ichak mikroflorasini buzilishi. Bunda ichakdagi «yaxshi» bakteriyalar miqdori kamayib ketib, najasni suyultirib yuboradigan mikroblar soni ko’payib ketadi. Bu holat odatda bola uzoq vaqt davomida antibiotik qabul qilganidan so’ng kuzatiladi.

👉Ichak infeksiyalari mavjudligi
Bolalarda ich ketishini qo’zg’atuvchi mikroblardan eng tarqalgani — bu ichak va dizenteriya tayoqchalaridir.

👉Boshqa kasalliklar bo’lishi
Oshqozon — ichak tizimining boshqa kasalliklari ham bolani ichi suyuq ketishida namoyon bo’lishi mumkin.

Оставьте комментарий